Xitoy şaharlari kasallanganlarni aniqlaş usullarini takomillaştiriş hisobiga koronavirusning yanada tarqalişini töxtatişga harakat qilişmoqda. Fevral boşida koronavirus öçoği hisoblangan Xubey provinsiyasida joylaşgan Fansyan uyezdida şifokor körigiga öz ixtiyori bilan keladigan har bir kişiga ming yuan, kasallanganlar haqida ma'lum qiladiganlarga esa 500 yuandan pul beriş va'da qilingandi.
Keyinroq boşqa şaharlarda ham koronavirusga çalinganlar haqidagi ma'lumot uçun mukofot puli va'da qilina boşlangan. Misol uçun, Şitszyaçjuan şahri ma'muriyati Uxandan yaqinda qaytgan odam haqida birinçi bölib ma'lum qiladigan kişiga 2 ming yuan pul tölaşga va'da qilgan. Nançanda esa bunday ma'lumot uçun 500 yuandan taklif qilinmoqda.
Tsyanszyan şahri bu borada yanada ilgarilab, şifokorlarga ixtiyoriy ravişda “taslim böladigan” koronavirusga çalinganlarga 10 ming yuandan va'da qildi. Şuningdek, tekşiruvga keladigan har bir kişiga ming yuandan, “koronavirus yuqtirganlikka gumon qilinganlar”ga 2 ming yuandan pul berişga va'da qilingan.
Biroq uşbu pulni oliş uçun ikkita şartni bajariş lozim: birinçisi, körikka öz ixtiyori bilan keliş; ikkinçisi, buni 2 martgaça amalga oşiriş.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Xitoyda koronavirusdan kasallanganlar soni 78497 nafarni, vafot etganlar soni 2744 nafarni taşkil qilmoqda.













