Ijtimoiy tarmoqlarda 28 fevral kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida aholi turar joylari yaqinida qurilgan qurilmani buzayotgan rasmiylar bilan boğliq videotasvir tarqaldi.

Unda içki işlar organlari xodimlari va fuqarolik kiyimidagi rasmiylar tiklangan devorlarni buzayotgani, qaysidir oila bunga qarşilik qilayotgani va yoş bolalarning qörqib çinqirayotgani tasvirlangan. Mazkur video tarmoqda muhokamalarga sabab bölmoqda.

Uşbu videoda tasvirlangan voqea yuzasidan Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boşqarmasi matbuot xizmati rasmiy munosabat e'lon qildi.

Unda aytilişiça, fuqarolik işlari böyiça Payariq tumanlararo sudining 24.10.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Fayziyev Feruz Maxmanazaroviç tomonidan Oqdaryo tumani Loyiş şaharçasi, Yangiobod köçasidagi noqonuniy ravişda egallab olingan 0,12 gektar yer maydonidagi özboşimçalik bilan qurilgan 16 kv.m.dan iborat bino va 25 metr uzunlikdagi devorni qarzdor hisobidan buziş va yer maydonini avvalgi holatida qaytariş töğrisidagi ijro hujjati 2020 yil 11 yanvarda MIB Oqdaryo tuman bölimi iş yurituviga kelib tuşgan.

Qarzdor F.Fayziyev uşbu ijro hujjati böyiça qurilgan noqonuniy bino va devorni özining hisobidan buziş va yer maydonini avvalgi holatiga qaytariş töğrisida davlat ijroçilari tomonidan bir neça marta ogohlantiriş olgan bölişiga qaramasdan, hujjatning ijrosini ixtiyoriy ravişda bajarmasdan kelgan.

Şu sababli 26 fevral kuni tegişli tartibda tuman hokimligi, IIB, yer resurslari va davlat kadastri bölimi, tibbiyot birlaşmasi, yonğin xavfsizligi bölimi xodimlari iştirokida majburiy ijro harakatlarini amalga oşiriş davomida qarzdor F.Fayziyevning oila a'zolari va yaqin qarindoşlari tomonidan tösqinlik qilingani sababli ijro harakatlari qisman amalga oşirilgan. Qarzdor F.Fayziyev tomonidan uşbu noqonuniy qurilgan binoning buzilmay qolgan qismini ixtiyoriy ravişda, öz hisobidan buzişini bildirgani sababli ijro harakatlari boşqa kunga qoldirilgan.

«Ijro harakati davomida davlat ijroçilariga nisbatan javobgar hamda uning qarindoşlari tomonidan noqonuniy holatlar sodir etilmagan», deyiladi MIB munosabatida.