Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan uning mamlakati suriyalik qoçqinlar uçun YeI bilan çegarasini yopmasligini ma'lum qildi

"Qönğiroq qilişyapti va çegaralarni yopinglar deyişyapti. Endi keç dedim. Ğarb qoçqinlar uçun mas'uliyat yukini bölişişi kerak. Bugun Bolgariya boş vaziri bilan uçraşamiz, ertaga Angela Merkel bilan gaplaşaman", - dedi Erdöğan Anqaradagi çiqişida.

Turkiya Suriyaning Idlibida vaziyat keskinlaşganidan söng migrantlar va qoçqinlar oqimini töxtatib tura olmasligini bildirdi va YeI bilan çegaralarini oçib yubordi. Şundan keyin minglab migrantlar Gretsiya çegarasiga yetib keldi. Uç kun içida çegarani noqonuniy kesib ötişga bölgan 20 mingga yaqin urinişning oldi olindi. 

YeIning taşqi çegaralar nazorati böyiça Frontex agentligi Turkiyadan qoçqinlarlar oqimi kuçaygani sababli Yevrohamjamiyat çegaralarini himoya qiliş böyiça tayyorgarlikni yuqori darajaga kötardi.