Janubiy Koreya ştab boşliqlari qömitasi KXDR duşanba kuni kiçik masofaga möljallangan ikkita ballistik raketa uçirganini taxmin qilmoqda.
"Biz KXDR kiçik masofaga möljallangan ballistik raketalarni uçirdi deb taxmin qilmoqdamiz", - deya qömita vakilidan iqtibos keltirmoqda Yonhap agentligi.
Xabar qilinişiça, KXDR raketalari Vonsan şahri hududidan uçirilgan va 35 km balandlikda 240 km masofani bosib ötgan.
Koreya respublikasi prezidenti ma'muriyati uşbu holatdan söng favqulodda yiğiliş ötkazdi. Yiğiliş yakunlariga köra e'lon qilingan bayonotda KXDRning harakatlari Seulning "jiddiy xavotiri"ni uyğotganligi ta'kidlanadi.
2020 yil boşidan buyon bu dastlabki mana şunday holatdir. Ötgan yil dekabrda KXDR rahbari Kim Çen In tez orada yangi strategik qurolini namoyiş etişini aytgandi.












