Tizim hozir sinovdan ötkazilmoqda. Helsing boş direktori Gunbert Şerf jurnalistlar uçun taqdimotda Contra’ni 2027-yilning ikkinçi yarmida bozorga çiqariş rejalaştirilganini maʼlum qilgan.

Loyiha nisbatan arzon dronlarni bir neça million dollarlik raketalar bilan urib tuşiriş xarajatlarini kamaytirişga qaratilgan. Eʼlon qilingan narx va imkoniyatlar hozirça işlab çiqaruvçining baholari hisoblanadi.

Ikki raketa bir-birini töldiradi

Contra tarkibiga AD-1 Inferno va AD-2 Ambush tutuvçi raketalari kiradi. Ular yangi avlod tezkor hujumkor dronlariga qarşi birgalikda qöllanişi közda tutilgan.

Reaktiv dvigatel bilan jihozlangan Inferno soatiga 700 kilometrgaça tezlikka erişişi va 20 kilometr masofada harakatlanişi aytilmoqda. Kompaniya uni eng murakkab nişonlardan taşqari, aksariyat havo tahdidlariga qarşi asosiy vosita sifatida körmoqda.

Qattiq yonilğili raketa dvigateliga ega Ambush esa soatiga qariyb 3000 kilometr tezlikda uçişi mumkin. U asosiy mudofaa çiziqlaridan ötib ketgan dronlarni tezkor tutib yöq qiliş uçun işlab çiqilgan.

Sunʼiy intellekt asosidagi dasturiy taʼminot nişonlarni tutiş jarayonini muvofiqlaştirişga xizmat qiladi.

«Geran» dronlarining yangi avlodiga qarşi

Kompaniya yangi raketalarni Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşda qöllayotgan hujumkor dronlaridagi özgarişlarni hisobga olgan holda işlab çiqqanini bildirgan.

Xususan, tizim soatiga 400–700 kilometr tezlikda uçişi aytilayotgan «Geran-4» va «Geran-5» kabi apparatlarga qarşi möljallangan. Bunday tezkor dronlar xususiyatlari jihatidan qanotli raketalarga tobora yaqinlaşmoqda.

Ommaviy işlab çiqariş uçun keng tarqalgan qismlar

Helsing vakillariga köra, raketalarning faol radiolokatsion özini özi yönaltiriş kallaklari bozorda keng mavjud butlovçi qismlardan tayyorlangan. Bu yeçim işlab çiqarişni katta hajmda yölga qöyişni osonlaştirişi kutilmoqda.

Kompaniya rahbariyati bunday yondaşuv Xitoy bilan boğliq taʼminot zanjirlariga qaramlikni kamaytirişi va AQŞ eksport çeklovlari bilan boğliq qiyinçiliklarni çetlab ötişga yordam berişini taʼkidlagan.