Majburiy ijro byurosining Namangan tuman bölimi xodimlari tomonidan “Katta Toşbuloq” mahallasida yaşovçi “Hududgaz" MÇJ Namangan tuman filiali ulgurji iste'molçilar bilan işlaş bölimi xodimining yaşaş xonadonida noqonuniy harakat foş etildi. 

Gap şundaki, ta'minotçi korxona xodimi M.B. tabiiy gazdan yaşirin tarmoq orqali noqonuniy foydalanib, hovlisida taşkil etgan 4 sotixli issiqxonani gaz sörğiç orqali isitib kelgan.

Olib borilgan közdan keçiriş jarayonida ma'lum böldiki, hattoki yaşaş xonadonini isitiş tizimiga örnatilgan qozon, qölbola isitiş peçi va oşxonaga örnatilgan gaz plitalari ham aynan noqonuniy tortib kelingan tarmoqqa ulangan. 

Mazkur holat yuzasidan tegişli dalolatnoma rasmiylaştirildi. Xonadon tarmoqdan vaqtinça ajratildi. Hozirda yetkazilgan zarar summasini aniqlaş va belgilangan tartibda çora köriş işlari olib borilmoqda.