Vazirlikning tavsiyalariga köra, quyidagi qoidalarga rioya qiliş kerak:

  • qölbola va nosoz gaz isitiş moslamalaridan foydalanmaslik;

  • gaz plitasida xonani isitmaslik;

  • peç va mörilarni mutaxassislarga öz vaqtida tekşirtiriş hamda tozalatiş;

  • möri va şamollatiş yöllarini berkitmaslik;

  • isitiş moslamalarini, ayniqsa, tunda nazoratsiz qoldirmaslik;

  • uskunalar yaqinida yonuvçan buyumlarni saqlamaslik;

  • gaz jihozlarini örnatiş va işlatişda belgilangan talablar hamda işlab çiqaruvçi yöriqnomasiga amal qiliş.

Xonada gaz hidi sezilsa, çiroq va elektr jihozlarini yoqib-öçiriş, oçiq olovdan foydalaniş mumkin emas. Eşik-derazalarni oçib, taşqariga çiqiş va xavfsiz joydan 104 - gaz avariya xizmatiga qönğiroq qiliş kerak.

Is gazi rangsiz va hidsiz böladi. Uni hid orqali sezib bölmaydi.