Uşbu zamonaviy uylar Navoiy köçasi böylab joylaşgan, 60-yillarda qurilgan eski 3 qavatli uylar örnini egallaşi közda tutilgan.

Qurilişi boşlanayotgan uylar mavjud uylarning orqasidagi böş maydonda barpo etiladi.

Rejaga muvofiq, viloyat hokimligi, quruvçi taşkilot hamda eski uylardagi xonadonlar egalari bilan uç tomonlama şartnoma imzolanadi. Quruvçi taşkilot tomonidan yangi uylar qurib bitkazilgaç, eski uylarda yaşovçilar töla bitkazilgan, yaşaşga tayyor yangi xonadonlarga köçib ötadi.

Bu jarayonda yangi berilgan xonadonlar maydoni eski xonadondagidan kam bölmasligi şarti belgilab qöyilgan.

Eski uylardagi barça xonadon egalari yangi uyga köçib ötgandan keyin eski uylarni buzişga kirişiladi.

«Bölib ötgan tadbir çoğidagi oçiq muloqotda mazkur rejalar haqida aholiga batafsil ma'lumot berildi, ularning fikr va mulohazalari tinglandi», – deyiladi xabarda.