AQŞning markaziy banki vazifasini bajaruvçi FZT tayanç foiz stavkasini 0,5 punktga, ya'ni 1-1,25 foizgaça pasaytirdi. Bungaça foiz stavkasi 1,5-1,75 foizni taşkil qilgan.
FZT uşbu qarorni iqtisodiy faollikka qöşimça xatarlar yaratayotgan koronavirus epidemiyasi bilan tuşuntirgan.
FZT qarorni e'lon qilişi arafasida Bloomberg axborot agentligi AQŞ prezidenti ma'muriyatida amaldorlar koronavirus epidemiyasi oqibatlarini minimallaştiriş uçun foiz stavkasini tuşirişni talab qilayotganlarini ma'lum qilgan.
Avvalroq Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti koronavirus epidemiyasi sababli global savdo aylanmasi 2020 yilda 3,75 foizga kamayişidan ogohlantirgan.













