2020 yil 15 fevral kuni Oltinsoy tumanida taxminan soat 16:00da, tumanning “Qiziltepa” mahallasi hududidan ötuvçi mahalliy yölda Şörçi tumani “Egarçi” mahallasida yaşovçi Ş.A. “Neksiya” rusumli avtoulov boşqaruvini yöqotgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, oqibatda qarama-qarşi tomonidan kelayotgan, Şörçi tumani “Oynaköl” mahallasida yaşovçi A.A. boşqaruvidagi “Zil” rusumli avtoulovining yöliga çiqib ketib, töqnaşuv sodir bölgan.
Natijada, “Neksiya” yölovçisi, Qumqörğon tumanida yaşagan M.X. sud-tibbiy ekspertizasining 2020 yil 29 fevral kunidagi xulosasiga köra “hayot uçun xavfli bölgan oğir” tan jarohati olib, 29 fevral kuni soat 09:30da kasalxonada vafot etgan.
29 fevral kuni Ş.A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.












