Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov şu kunlarda muloqotdan asosiy maqsad - «Idlibdagi inqiroz, bu inqiroz sabablari va zararli oqibatlari, uni töxtatiş uçun zarur çoralar böyiça yakdil fikrga keliş» hisoblanişini aytgandi.

Öz navbatida, Erdöğan Rossiya poytaxtidagi muzokaralar «Suriyada öt oçiş zudlik bilan töxtatilişiga olib kelişi»dan umidvorligini bildirgan.

Şu bilan birgalikda, Turkiya rahbari AQŞ prezidenti Donald Trampdan Idlibdagi harbiy amaliyot davom ettirilişi uçun Anqarani qurol va öq-dori bilan ta'minlaşini söragan.

Idlibda nimalar bölmoqda?
2018 yil sentyabrida Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlari Suriya şimoli-ğarbida öt oçişni töxtatiş va Idlib atrofida harbiylardan xoli hududni barpo etiş böyiça kelişuvga erişgandi: unga köra, Turkiya bu hududdagi harbiy guruhlarni qurolsizlantirişi va jangarilarni töliq bartaraf etişi közda tutilgandi.

Ammo bu rejalar amalga oşmadi. Sönggi oylarda Rossiya bir neça marta Turkiya öz  majburiyatlarini bajarmayotganini va bu hududdagi terrorçilarni olib ketmayotganini ma'lum qildi. Erdöğan esa Putinni Suriyadan ketişga çaqirdi.

Ötgan haftada Idlibdagi vaziyat yangi fazaga kirdi: Turkiya Suriya armiyasiga qarşi «Bahor qalqoni» amaliyotini boşladi. Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Oqar bu amaliyot 27 fevral kuni «turk harbiylariga qilingan pastkaşlarça hujum»ga javoban boşlanganini ma'lum qildi.

Seşanba kuni Turkiya Mudofaa vazirligi turk harbiylari Suriya armiyasining Idlibdagi pozitsiyalariga zarbalar berişda davom etayotgani va töqqizta tank, ikkita gaubitsa, oltita köp stvolli raketa uçirgiç, yana ikkita harbiy transport vositasi yöq qilingani, şuningdek, suriyalik 299 nafar askar öldirilgani haqida ma'lum qildi.

Moskva va Anqara nizosi qanday şakllandi?
Ötgan haftada Erdöğan Suriyada rossiyalik harbiylar bölişi yuzasidan keskin fikrlar bildirdi hamda Putinni Turkiyani suriyaliklar prezidenti Başar Asad bilan xoli qoldirişga çaqirdi.

«Men keça Putinga dedim: «U yerda (Suriyada) nima qilyapsizlar? Yölimizdan qoçing va bizni rejim bilan [Asad] yakkama-yakka qoldiring... Işoning, biz kerakli işni qilamiz», - degandi turklar yetakçisi hukmron partiya yiğilişida. U turk askarlari Suriyaga Asadning taklifi bilan emas, Suriya xalqi istagiga binoan kirganini qöşimça qilgan.

Bunga javoban Peskov Rossiya uşbu hududda qonuniy hukumat ruxsati bilan harakatlanişi va Rossiya Suriyada qonuniy asosda bölib turgan yagona davlat ekanini ma'lum qildi.

«Boşqa davlatlar harbiylari Suriyada xalqaro huquq va normalarni buzgan holda bölib turibdi», - degan Peskov.

Kreml ham Anqarani ötgan yil oktyabrida Soçida ikki davlat prezidentlari iştirokida tuzilgan kelişuvga amal qilmaslikda aybladi. Ikkinçi Soçi kelişuvida aynan Anqara Idlibdagi deeskalatsiya hududidan artilleriya qurollari va boşqa oğir harbiy texnikalar olib ketilişi, bu hududdagi harbiy kuçlarni qurolsizlantiriş majburiyatlarini zimmasiga olgandi.

Keyinroq turklar yetakçisi öz pozitsiyasini izohlab, na Rossiya va na Eron turk armiyasining Suriyadagi nişoni bölmasligini ta'kidladi.

Köpçilikning fikriça, Erdöğan uçun eng muhimi - mamlakat içkarisidagi eng kuçli siyosatçi bölib qoliş / AFP

«Men yana bir bor Rossiya va Eronga yuzlanaman. Turkiyaning Suriyada bu davlatlar bilan muammosi yöq. Turkiyaning Suriyadagi kuraşi sarhadlarni kengaytiriş uriniş ham, strategik bazaga ega böliş ham emas. Biz Suriyada uşbu mamlakatdan qoçib, ölkamizga oqib kelayotgan millionlab odamlar keltirib çiqargan gumanitar inqirozni hal etiş, şuningdek, sarhadlarimiz xavfsizligini ta'minlaş uçun kuraşmoqdamiz. Ikki masala ham biz uçun juda muhimdir», - dedi u. Şu bilan birgalikda, turklar prezidenti Idlibda hujumlar davom ettirilişi va u yerda şahid bölganlarning har biri uçun javob qaytarilişini ma'lum qildi.

Turkiya Mudofaa vaziri çorşanba kuni Turkiyaning Idlibdagi vazifasi - «Asad rejimining jinoyatlarini töxtatiş, radikallaşuvni yöq qiliş [jangari guruhlar] va migratsiya oqimining oldini oliş» ekanini aytdi.

Ammo Rossiya Mudofaa vazirligiga Turkiyaning pozitsiyasini ma'qul emas. Vazirlik çorşanba kuni Anqara Idlibdagi deeskalatsiya hududiga mexanizatsiyalaşgan harbiy guruhlarni taşlagani va bu bilan xalqaro şartnomani buzganini bildirdi.

Vazirlik rasmiysi Igor Konaşenkovning aytişiça, Rossiyaning Xmeymimdagi aviabazasi va Suriyadagi şaharlar har kuni jangarilar tomonidan artilleriya zarbalariga uçramoqda va bunga Turkiya harbiylardan xoli hudud tuziş böyiça majburiyatini bajarmagani sabab bölmoqda.

Konaşenkovning qayd etişiça, Turkiya qurolli kuçlarining Idlibdagi kuzatuv postlari şunday joylaşganki, bu postlar hududdagi terrorçi guruhlarni himoyalaş vazifasini ham bajaradi va bu Soçi kelişuvi şartlariga ziddir.

Ekspertlar nima deyişmoqda?
Siyosatşunoslar hozirgi vaziyatda Soçi kelişuvlariga amal qiliş tobora qiyinlaşib borayotgan bölsada, Rossiya ham, Turkiya ham özaro munosabatlarni sovuqlaştirişdan manfaatdor emasliklari haqida fikrlar bildirişgan.

Masalan, Rossiya fanlar akademiyasining Şarqşunoslik instituti boş ilmiy xodimi Irina Zvyagelskaya Moskva va Anqara Suriyadagi siyosiy manfaatlar uçun hamkorlikdagi köplab loyihalarni yöqqa çiqarmasliklariga işonç bildirgan. Uning aytişiça, Erdöğan Idlib masalasidagi keskin bayonotlari bilan içki siyosat maydonida reytingini saqlaşga harakat qilmoqda.

Turk siyosatşunoslari - Glazgodagi Kaledon universitetidan bölgan Umut Qörqut va Tark Boşbuköğlining fikriça esa Erdöğan milliy partiya tomonidan katta bosimga duç kelgan, millatçilar uni Suriya rejimining sönggi harakatlariga javob sifatida uruş boşlaşga undamoqda.

Bundan taşqari, turklar prezidentiga uning koalitsiyadagi hamkori, ultramillatçilar yetakçisi Davlat Boğçali tomonidan bosim uyuştirilmoqda. Financial Times naşrining yozişiça, u prezidentni Moskva va Damaşq bilan munosabatlarda qat'iy pozitsiyani egallaşga çaqirmoqda.

Yaqin Şarq masalasi böyiça ekspert Mixail Magid esa Idlibdagi kuçlar muvozanati ayni vaqtda Rossiya emas, Turkiya foydasiga ekaniga e'tibor qaratgan va Moskvadagi muzokaralar oson keçmasligini prognoz qilgan.

Turkiya Idlibda kimni va nega himoya qilmoqda?

Damaşq va Moskva «Idlib deeskalatsiya» hududiga boşlangan hujumni bu hudud terrorçilar tomonidan boşqarilayotgani, Turkiya esa ular bilan birga ekanini izoh qilib keltirgan. Ekspertlar bahosiga köra, Idlibda asosan radikal kuçlar örnaşgan, ammo bu Turkiya va Erdöğanni taşvişga solmaydi.

Idlibdagi kuçlar muvozanati

Idlibda Başar Asad armiyasiga va uning ittifoqçilariga kimlar qarşi turmoqda, Turkiya armiyasi nima uçun bu guruhlar bilan bir tomonda turib urişmoqda?

2018 yil sentyabrida Rossiya, Turkiya va Eron öt oçişni töxtatiş va Idlibda harbiylardan xoli hudud barpo etiş böyiça kelişuvga erişgan, unga köra bu mintaqada Turkiya kömagidagi mö'tadil kuçlar - Başar Asad muxolifati jangarilardan ustun kelişi közda tutilgan edi. 

Ammo bu amalga oşmadi.

«Hay'at Tahririş Şom»
«Hay'at Tahririş Şom» - radikal kuçlar koalitsiyasi bölib, köplab davlatlarda terrorçi taşkilot sifatida tan olingan. Bu guruh nomi «Jabhatun Nusra» («Al-Qoida»ning Suriyadagi qanoti) qatorida BMTning xalqaro terrorçi taşkilotlar röyxatiga kiritilgan.

«Hay'at Tahririş Şom» 2017 yilda «Al-Qoida», «Jabhatun Nusra» va boşqa yana bir qança kiçik guruhlar ittifoqi sifatida tuzilgan. Lekin keyinroq taşkilot yana parçalangan.

Bu guruh vakillari taşkilot töla mustaqil ekanini iddao qilişadi, ammo uning duşmanlarining hisoblaşiça, guruh ğoyalari va mohiyati avvalgidek qolganini aytadi. «Ular «Al-Qoida» bayroğini kötarib yurişadi, ular çindan ham «Al-Qoida» uslublarida harakatlanişadi», - degan Bi-bi-si bilan suhbatda Başar Asad tarafdori bölgan Suriya parlamenti deputati Foris Şihobiy.

Idlibdagi qoçqinlar lagerlarida yuz minglab qoçqinlar yiğilgan / GETTY IMAGES

BMTning Suriyadagi vaziyat böyiça yanvar oyidagi hisobotida «Hay'at Tahririş Şom» jangarilari soni 12-15 ming atrofida ekani körsatilgan. Bu guruh Idlibda Başar Asad armiyasi va uning ittifoqçilariga qarşi turgan eng yaxşi jangovar tayyorgarlikka ega kuçdir.

«Hay'at Tahririş Şom» Soçi kelişuvi tuzilgan vaqtdayoq Idlibdagi eng katta ta'sirga ega bölgan kuç edi, şundan keyingi töqnaşuvlarda taşkilot yanada mustahkamlanib bordi va bugungi kunga kelib Idlibdagi Başar Asad kuçlari yetib bormagan deyarli barça hududni nazorat qiladi.

«Hay'at Tahririş Şom» Idlibda «qutqaruv hukumati» nomli fuqarolik ma'muriyatini ham tuzgan va uning faoliyatini qöllab-quvvatlab kelmoqda. Bu hukumatda minglab kişilar işlaydi», degan Bi-bi-sining mustaqil tahlilçisi Ayman Javod At-Tamimiy.

Milliy ozodlik fronti
Milliy ozodlik front (MOF) - Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan, qurollantiriladigan va moliyalaştiriladigan guruhlar koalitsiyadir. Bu guruh ötgan yil kuzida Suriya milliy armiyasi (avvalgi Suriya ozodlik armiyasi) - Suriya hududidagi yirik qurollangan tuzilma tarkibiga qöşilgan. Bu tuzilma Turkiya armiyasi bilan hamkorlikda Suriya şimolida kurd bölinmalariga qarşi janglar olib borgandi.

AQŞ Mudofaa vazirligi ma'lumotiga köra, Milliy ozodlik fronti va turklarning ta'siridagi boşqa kiçik guruhlar safidagi jangçilar soni 22 mingdan 50 minggaça yetadi. Amerikadagi The Century Foundation markazi tahlilçisi Aron Lund va boşqa köplab ekspertlarning fikriça esa, MOF «Hay'at Taxririş Şom»dan ança kuçsizroqdir.

«Ularda hamjihatlik, logistika va taşkiliylik yetişmaydi, ular yaxşi qurollanmagan ham. Lekin ular baribir özlarini boşqalarning örnini bosuvçi jonli kuç sifatida namoyon etadi, ular Turkiyaga yaqin, Idlibdagi voqealar rivoji köp jihatdan ularga ham boğliq», - dedi Lund Bi-bi-si muxbiriga.

Milliy ozodlik fronti artilleriyaçisi Asad armiyasi pozitsiyasini öqqa tutmoqda / AFP

Boşqalar va xorijliklar
Yuqorida nomlari keltirilgan ikki koalitsiyadan taşqari, Idlibda boşqa turli mayda guruhlar ham harakatlanadi.

Ekspertlar ulardan eng nomdorlaridan biri sifatida «Hurrosud-Din» («E'tiqod muhofizlari»)ni keltirişadi. Bir neça yil oldin «Hay'at Tahririş Şom»dan ajralib çiqqan bu guruhni köpçilik «Al-Qoida»ning Suriyadagi örinbosari (yoki filiali) deb hisoblaydi. Öz-özidan köplab davlatlar, jumladan, AQŞ, Rossiya va boşqalar bu guruhni  terrorçi taşkilotlar qatoriga kiritgan.

Kuzatuvçilarning baholaşiça, «E'tiqod muhofizlari» sönggi vaqtlarda «Hay'at Tahririş Şom» bilan hamkorlik qilmoqda. BMTning yanvardagi hisobotiga köra, bu guruh tarkibida 3500-5000 kişi bor.

Bundan taşqari, Idlibda «Hay'at Tahririş Şom»ning ittifoqçisi bölgan şinjonlik uyğurlar tomonidan tuzilgan «Turkiston islom partiyasi», Suriyadagi fuqarolik uruşi vaqtida kelgan özbekistonliklar, tojikistonliklar, çeçenistonliklarning guruhlari va boşqa  jangarilar mavjud.

Asad hukumatining tasdiqlaşiça, Idlibdagi xorijiy jangarilar soni - 30-40 ming atrofida. Ammo Britaniya Qirollik instituti tadqiqotçisi Rafaello Panuççining fikriça bu börttirilgan raqamlardir.

«Oila a'zolari bilan qöşib hisoblaganda ham ularning soni bir neça mingdan oşmaydi», - degan Panuççi Bi-bi-si muxbiriga.

Turkiya nima uçun uruşmoqda?
Idlibda qurolli jangarilar va Asad rejimining boşqa muxoliflari safidagi harbiylar soni ön minglab nafarni taşkil etadi, ammo bu viloyatda yaşovçi tinç aholi vakillari soni ulardan yigirma baravar köproq.

Idlib viloyati 6 ming kvadrat kilometr maydonni egallaydi va bu yerda fuqarolik uruşidan oldin bir yarim millionga yaqin kişi yaşagan. Hozirda bu joy «Ikkinçi Ğazo sektori»ga aylangan: viloyat hududining yarmini Asad kuçlari egallab qolgan, qolgan qismida esa BMT hisoblariga köra uç millionga yaqin kişi yaşamoqda, ularning uçdan bir qismi bolalardir

Ötgan yil dekabrida Asad harbiylari va uning rossiyalik hamda eronlik ittifoqçilari Idlibni töla egallaş uçun hujum boşlaşi oqibatida bu hududdagi tinç aholi vakillarining köpçilik qismi boşpanalarini taşlab, Turkiya bilan çegaralar yaqiniga surildi - ayni vaqtda çegara yaqinidagi qoçqinlar lagerlarida qariyb bir million kişi bor.

Turkiya esa ötgan yillar davomida 3,7 millionga yaqin suriyalik qoçqinni qabul qilib bölgan va bu dunyoning boşqa mamlakatlaridagi qoçqinlarning jami sonidan köpdir. «Turk jamiyatining qoçqinlarga nisbatan oşib borayotgan noroziligi Erdöğanni «mamlakati bundan keyin boşqa qoçqin qabul qila olmasligi» haqida e'lon qilişga majburladi», deyiladi Financial Times naşrida çiqqan tahliliy maqolada.

Idlib şimolidagi qoçqinlar lagerlari körinişi, 2018 yil sentabr / DIGITALGLOBE
2019 yil dekabr / DIGITALGLOBE

Taşqi kuzatuvçilarning fikriça, Erdöğan boşçiligidagi Turkiya Idlibni himoya qilişining yana bir sababi - bugungi kunda sunniy Turkiya Suriyadagi sunniylarni Asadning şialardan iborat hukumati va uning ittifoqçilari - eronlik şialardan himoya qilayotgan yagona kuç bölib turibdi va bu Erdöğanni yanada kuçli va qat'iyatli yetakçi sifatida namoyon qiladi.

Köpçilik şarhlovçilarning yakdil fikriça, bugun Erdöğan uçun qoçqinlar muammosini hal qiliş ham, kuçli yetakçi maqomini saqlab turiş zarurati ham Idlib va umuman, Suriya bilan boğliq muhim masalaga aylangan. Bu esa öz navbatida içki siyosiy muammolarga yeçim bölişi, Turkiya içkarisida uning nufuzi oşişiga olib kelişi mumkin. Şu tufayli, Idlibdagi ittifoqçilarning mafkurasi va ularning xalqaro röyxatlarda qanday nomda qayd etilgani – bular Turkiya prezidenti uçun ikkinçi darajali masala hisoblanadi.