Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Adolat va taraqqiyot partiyasining viloyat Kengaşi yiğilişida sözga çiqdi. Yiğiliş oldidan «Bahor qalqoni» amaliyoti haqida söz yuritgan Erdöğan «şahidlar tepasi böş emasligi va böş qolmasligi»ni ta'kidladi.

Erdöğanning nutqidan kelib çiquvçi satrboşilar quyidagiça:

«Bahor qalqoni» harakati

«Biz Idlibdagi operatsiyalarimizni çeklangan tartibda davom ettirayotgan edik, çunki biz bu masalani soğlom fikr va tinçlik yöli bilan hal qilişni istagandik. Şu maqsadda biz diplomatiya kanallari samarali işlaşi uçun sönggi daqiqagaça harakat qildik va işladik. Uşbu masala mamlakatimiz uçun qançalik muhimligi, uşbu maqsad orqali nimani közlaganimizni takror-takror ta'kidladik. Biroq niyatimiz notöğri tuşunilganini kördik.

Şu munosabat bilan operatsiyalarimizni 34 askarimiz şahid bölgan 27 fevraldan e'tiboran rejimning barça elementlarini nişonga oladigan şaklda keng qamrovli holatga keltirdik. Biz uşbu operatsiyani «Bahor qalqoni» operatsiyasi deb nomladik. «Furot qalqoni», «Zaytun novdasi», «Tinçlik buloği» operatsiyalari bilan nimani maqsad qilgan bölsak, bu harakatda ham şu bir ğoyani köryapmiz.

Biz endi çegaralarimiz terrorçilik taşkilotlari va mamlakatimiz sarhadlariga köz tikkan mustabid tuzum tarafidan qurşab olinişiga, millionlab boşpanasizlar yuki yelkamizga muttasil ravişda ortilişiga izn bermaymiz va bu qarorda qat'iymiz.

Hali Idlib şahidlarining tuproği sovib ulgurmay, rejimni eng oğir yöqotişlarga uçratdik. Hozirga qadar 135 tank, 22 zirhli transport vositasi, 45ta töp, 44ta köp barelli raketalar, 5ta havo mudofaasi rampasi, 12ta tankka qarşi qurol, 4ta minomyot, 2ta uçuvçisiz samolyot, 8ta vertolyot, 49ta turli transport vositalari, 7ta öq-dori, 24ta zirhli transport vositalari, 9ta öq-dori ombori, 2ta samolyot, 2ta raketa uçiruvçisi va rejimning 2557 askarini yakson qildik.

Qon tökilmasligi, odamlar qurbon bölmasligi, azob çekilmasligi uçun qilgan harakatlarimizni zaiflik va tortinçoqlikka yöyganlarga haqiqiy kuçimizni körsatişni boşladik. Hozirça rejimning odamlar va jihozlardan mahrum bölişi – bu faqat boşlanişidir.

Atrofda mamlakatimizni «nomi boru, özi yöq» davlatlardan biri, deb bilganlar bor. Biz bu ğofillarga Turkiyaning zarur paytda jon bergan, ammo böyin egmagan buyuk bir davlat ekanini körsatyapmiz». 

«Yelkalari ustidagi boşlari ketadi»

«Işlar şu nuqtaga kelganidan biz juda afsusdamiz. Buning sababi ularning ortida turgan kuçlarning soyasini öz tanalari deb bilib, bizga qarşi çiqqanlardir. Har biri jonimizning bir parçasi bölgan askarlarimizning hayotiga qasd qilganlarni yer bilan yakson etiş böynimizdagi qarzdir. Bölib ötgan voqealardan ibrat olmaganlarning kuzatuv punktlarimizga hujum qiliş bilan tahdid etişlari hali ham ularning aqllari kirmaganidan dalolatdir. Agar Turkiya belgilagan çegaradan taşqariga zudlik bilan çiqib ketişmasa, yelkalari ustidagi boşlari ketadi»

Foto: Milliyet

Rossiya va Eron oçiqlamasi

«Yana bir bor Rossiya va Eronga murojaat qilaman. Suriyada siz bilan heç qanday muammomiz yöq. Turkiyaning Suriyadagi kuraşi sarhadlarni kengaytiriş uriniş ham, strategik bazaga ega böliş ham emas. Biz Suriyada uşbu mamlakatdan qoçib, ölkamizga oqib kelayotgan millionlab odamlar keltirib çiqargan gumanitar inqirozni hal etiş, şuningdek, sarhadlarimiz xavfsizligini ta'minlaş uçun kuraşmoqdamiz. Ikki masala ham biz uçun juda muhimdir.

Hududida 3,7 million, çegaralarida 1 milliondan ortiq kişiga panoh bölgan davlat na Eron, na Rossiyadir. Bu yukni biz 9 yildan beri yolğiz boşimiz bilan kötarib kelmoqdamiz. Turkiya buni zimmasiga olmoqda. «Eşiklarni yoping», deyişyapti. U iş bitdi, endi Ğarb hisob beradi. Gaz bombasi, haqiqiy bomba bilan qörqitmoqçi bölganlar endi hisob berişga majbur. Ğarbning qoçoqlar qörquvi bilan aytgan balandparvoz gaplari real hayotda aniq bir ifodasini topmayapti. Biz yillar davomida «Suriyada xavfsiz zonalar yarataylik, tuzumdan qoçgan odamlar bu yerda joylaşib olsin», degan çaqiriqlar bilan çiqdik. Yevropaning heç bir davlati uşbu çaqiriqni qöllab-quvvatlamadi. Çegaralarimizni oçganimizdan beri Yevropaga kirganlar soni 100 mingdan oşdi. Tez orada bu raqam millionlarda ifodalanadi.

Endi çegaralarimizni oçganimiz uçun barçalari ayyuhannos solyaptilar. Yo bu insonlarni öz tuproqlarida munosib bir hayotga qovuştiramiz, yoki har kim bu yukdan öz çekiga tuşganini oladi. Endi bir tomonlama fidokorlik davri tugadi. 

Mamlakatimizga yordam berişini bildirgan ayrim davlatlar hatto tuklari ham qimir etmay, voqealar rivojini kuzatganidan xabardormiz. Göyo xalqaro miqyosda tinçlik va barqarorlik, xavfsizlikni ta'minlaş uçun taşkil etilgan tuzilmalar majlisbozlik, axborot beriş, qoralaşdan boşqa iş qilmaydi.

Turkiya öz kuraşini qandaydir bir davlat yoki taşkilotga işonib emas, öz yuragiga, öz bilagiga, öz insoni, öz imkoniga tayangan holda yuritmoqda.

…Bundan taşqari, Turkiya şu paytga qadar Suriyada na Rossiyani, na Eronni töğridan-töğri nişonga olmagan, olmaydi ham. Harakatlarimiz bilan faqat askarlarimiz qonini tökkan rejim unsurlarini yöq qilyapmiz. Bu hassosiyatimizga hurmat körsatiladi, degan umiddamiz.

Turkiya har bir masaladagi kabi Suriyadagi muammoni ham öz imkonlari bilan hal eta oladigan iroda va iqtidorga sohibdir. Bu kunlar ayni paytda haqiqiy döst va makkor duşmanlarni ayirib beruvçi palladir. Oldimizdagi kunlarda keçadigan voqealar bu farqni yanada aniqlaştiradi. Bu kuraş bizning şaxsiy tanlovimiz emas, millatimizning umumiy irodasi bilan yuritilmoqda. Suriyadagi öyinni millatimiz bilan birga kördik, taşxis qöydik va şunga asosan harakat qildik. Bu millat 15 iyulda nima uçun köçalarga çiqqan bölsa, bugun ham Turkiya ayni sabab bilan Suriyadadir. Bu millat Kurdiston işçilar partiyasi, IŞID tajovuzlariga qarşi qanday köksini kergan bölsa, bugun ham Turkiya ayni sabab bilan Idlibda, Suriyaning boşqa joylaridadir».

Foto: Milliyet