Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan muxolif Respublika xalq partiyasi deputati  Engin Özköçdan 1 mln turk lirasi (165 ming dollar) miqdorida tovon puli talab qilib uni sudga berdi. Bu haqda Turkiya prezidentining advokati öz Twitter akkauntida yozdi.

Da'vo arizasida yozilişiça, deputatning sözlari prezidentning şa'niga putur yetkazadi va "butkul yolğon" hisoblanadi. 

"Örtaça aqlga ega inson ham bu ayblovlar asossiz va adolatsiz ekanligini tuşuna oladi", - deyiladi da'vo arizasida.

4 mart kuni Özköç Turkiya parlamentida Erdöğanni Suriyadagi siyosati uçun tanqid qilgan. Şundan keyin ikki partiya deputatlari örtasida özaro muştlaşuv boşlanib ketgan.

Voqea Özköç Erdöğanning Respublika xalq partiyasi yetakçisi Kamol Qiliçdoröğluga qöyayotgan ayblovlariga javob berayotganida yuz bergan. Turkiya prezidenti Qiliçdoröğluni Idlibdagi vaziyat keskinlaşgani ortida Suriya prezidenti Başar Asad bilan muzokaralarni boşlaş taklifi uçun “sotqin” deb atagan. Özköç öz navbatida Erdöğanni halok bölgan turk harbiylari haqida gapirganda “kalla” (turkçada ölik odamning qöpol atalişi) sözini qöllaganlikda hamda sotqinlikda ayblagan.  

Anqara boş prokuraturasi “prezidentni haqoratlagani” uçun Özköçga nisbatan iş oçgan.