Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya parlamentida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)
Turkiya parlamentida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an nomiga aytilgan so‘zlar sababli ommaviy mushtlashuv yuz berdi.

Foto: Depo Photos/Keystone Press Agency/Global Look Press
Mushtlashuv Erdo‘g‘an yetakchilik qiluvchi Adolat va taraqqiyot partiyasi va muxolif Respublika xalq partiyasi vakillari o‘rtasida sodir bo‘lgan. Bu haqda Milliyet nashri xabar berdi.
Erdo‘g‘an partiyasi vakillarini asosiy muxolif partiyaning parlamentdagi fraksiyasi yetakchisi Engin O‘zko‘chning so‘zlari achchiqlantirgan.
O‘zko‘ch Erdo‘g‘anni Suriyadagi siyosati uchun tanqid qilgan. Shundan keyin ikki partiya deputatlari o‘rtasida o‘zaro mushtlashuv boshlanib ketgan.

Voqea O‘zko‘ch Erdo‘g‘anning Respublika xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘luga qo‘yayotgan ayblovlariga javob berayotganida yuz bergan. Turkiya prezidenti Qilichdoro‘g‘luni Idlibdagi vaziyat keskinlashgani ortida Suriya prezidenti Bashar Asad bilan muzokaralarni boshlash taklifi uchun “sotqin” deb atagan. O‘zko‘ch o‘z navbatida Erdo‘g‘anni halok bo‘lgan turk harbiylari haqida gapirganda “kalla” (turkchada o‘lik odamning qo‘pol atalishi) so‘zini qo‘llaganlikda hamda sotqinlikda ayblagan.
Anqara bosh prokuraturasi “prezidentni haqoratlagani” uchun O‘zko‘chga nisbatan ish ochgan.
O‘z navbatida muxolif partiya yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘lu partiya a'zolarining yig‘ilishidagi nutqida Suriyada o‘nlab turk harbiylari halok bo‘lgan bir paytda Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashuv o‘tkazishini keskin tanqid qilgan. Uning fikricha, aynan Erdo‘g‘an Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyatni eplay olmagan.
“Mening askarlarimga o‘q otuvchi har kim mening dushmanimdir. Nima uchun men boshqa prezident yoniga borib, uning oyog‘lariga yiqilishim kerak? Siz esa sarosima holatida Putinning yoniga chopmoqdasiz”, deb aytgan Qilichdoro‘g‘lu.
U Erdo‘g‘andan 5 mart kunidagi uchrashuvda rossiyalik hamkasbidan Rossiya Turkiya bilan harbiy hamkorlik qilayotganiga qaramay, qanday qilib turk harbiylari pozitsiyalariga hujum qilinishiga yo‘l qo‘yayotgani haqida so‘rashni talab qilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
-
Porscheʼning avtobiznesdan foydasi ikkinchi chorakda 91 foizga kamaydi
Avto | 15:07
-
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi
Ta’lim | 14:55
Mavzuga oid

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025