Italiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Stefano Patuanelli 25 fevralda Lombardiya oblasti iqtisodiy rivojlaniş asessori Alessandro Mattinsoli bilan uçraşgani uçun 10 martgaça öz ixtiyori bilan karantinga joylaşdi. Mattinsolida koronavirus aniqlangan.
Mattinsoli koronavirusga çalingani töğrisida OAV duşanba kuni xabar bergandi. Uning Lombardiyadagi barça hamkasblari tekşiruvdan ötkazilgan va ularning kasallikka çalinmaganligi aniqlangan.
Mattinsoli 25 fevralda iqtisodiy rivojlaniş vaziri Stefano Patuanelli bilan 15 daqiqa suhbatlaşgani ma'lum bölgaç, vazir tibbiy tekşiruvdan ötgan. Unda koronavirus aniqlanmagan. Şunga qaramasdan, Patuanelli ehtiyot çorasi sifatida öz ixtiyori bilan karantinga joylaşdi.
Ötgan haftada Lombardiya prezidenti Attilio Fontana ham yaqin xodimi koronavirusga çalingani aniqlanganidan söng ana şunday qaror qabul qilgandi.
Italiyada koronavirusga çalinganlar soni 2502 kişiga yetdi, 79 kişi infeksiya qurboniga aylandi.













