Bildirilişiça, Italiya hududida COVID-19 koronavirusining tarqalişi munosabati bilan Özbekistonning Rim şahridagi elçixonasi huzurida operativ ştab tuzildi va uning a'zolari vatandoşlar bilan muntazam ravişda muloqotda bölib turilibdi.
Özbekistonlik talabalar uçun Telegram messenjerida 2ta guruh – «Naşi studenti v Italii» va «Taşkent-Torino-2019/2020» oçildi. Konsullik hisobida jami 866 ta fuqaro turadi.
2020 yil 6 mart kuni ertalabki holatga köra Italiyada Özbekiston fuqarolari orasida koronavirus yuqtirganlar qayd etilmagan.
Elçixonaning ma'lum qilişiça, Italiya tomoni bilan kelişilgan holda Özbekiston vazirlik va idoralari, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlari delegatsiyalarining 20 dan ortiq safarlari keyinroqqa köçirildi, Italiyaning qator yetakçi kompaniyalari vakillarining mamlakatimizga taşriflari qoldirildi.
Özbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elçixonasi huzuridagi operativ ştab a'zolarining telefon ma'lumotlari:
Abdulaziz Abduğaniyev, Siyosiy masalalar böyiça maslahatçi
+390687775827; +393441124141
Munira Nizomova, Konsul, birinçi kotib
+390687775739; +393356080226
Doston Omonov, Attaşe
+390687775724; +393358155529
Xuşnud Ortiqov, Uzbekistan Airways AJning Italiyadagi vakili
+390642014811; +393476994402.
Elçixonaning internet-resurslari:
Veb-sayt: http://italia.mfa.uz/
Elektron poçta: [email protected]
Facebook'dagi sahifa: https://www.facebook.com/UZEmbassyItaly/
Telegram’dagi guruhlar: «Naşi studenti v Italii» va «Taşkent-Torino-2019/2020».
Elçixona manzili:
Ambasciata dell’Uzbekistan in Italia
Via Pompeo Magno 1, 00192 Roma.
Bundan oldin, Eronda 50 nafarga yaqin özbekistonlik borligi, TIV ularga tavsiya bilan çiqqani xabar qilingandi.













