Suriyaning Idlib provinsiyasidagi turk harbiylari Rossiyaga emas, Suriya armiyasi qöşinlariga qarşi kuraşmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan jurnalistlar bilan muloqotida aytdi.

"Bu yerda Rossiya va Turkiya örtasida heç qanday masala yöq. Bizga Rossiya emas, Başar Asad rejimi qarşilik qilmoqda. Afsuski, bu rejim Idlibda öz aholisini şafqatsizlarça yöq qilmoqda", - deya uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda "Yeni şafak" gazetasi.

"Biz ularni ogohlantirdik, ammo ular töxtamadi", - deb ta'kidladi Turkiya prezidenti.

5 mart kuni Moskvada Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğan muzokara ötkazişdi. 6 soatdan ortiq vaqt davom etgan uçraşuvlar yakunida Suriyadagi vaziyat böyiça memorandum imzolandi.

Memorandumda Suriyaning şimolidagi M4 trassasi yaqinida 12 kilometrlik xavfsizlik yölagi taşkil etilişi ma'lum qilingan. Tomonlar bu hudud böylab 15 martdan patrullaşni boşlaşga kelişib olişgan.