Fermerlar örtasida tuşunmovçilik va noroziliklarning oldini oliş maqsadida mazkur qarordan ikki kun ötib Kun.uz’da boğlarni yaroqsiz deb topiş tartiblari haqda ma'lumot e'lon qilindi.
Yuqoridagi tartibga köra, oqilona foydalanmaslik yoki umuman boşqa maqsadda foydalaniş, uç yil davomida ketma-ket hosildorlik me'yordan past bölişi kabi qator omillar boğlarni yaroqsiz deb topişga asos bölişi körsatilgan.
Sönggi kunlarda tahririyatning Samarqanddagi filialiga Oqdaryo, Urgut va Past Darğom tumanlaridan xuddi şu masalada murojaatlar kelib tuşmoqda.
Aytiş lozimki, yuqoridagi hukumat qarori asosida 2019 yil 24 dekabr kuni Samarqandda ham iqtisodiy jihatdan samarasiz boğlarni yaroqsiz deb topiş tartibi töğrisida viloyat hokimining qarori qabul qilingan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi ma'lumot berdi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi viloyat boşqarmasi va hamkor taşkilotlar bilan birgalikda Samarqandda 3 ming 606 gektar iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli, yaroqsiz boğ va tokzorlarning manzilli röyxati şakllantirilgan.
Eskirgan va samarasiz boğ hamda tokzorlar örnida intensiv boğ va tokzorlar barpo etiş yoki ularni haydaladigan yerlar toifasiga ötkazib, eksportbop va serdaromad qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş çoralari köriladi.
Samarqand viloyat «Özagroinspeksiya» axborot xizmati tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan jadvalga köra yaroqsiz deb topilgan boğlarning eng katta qismi Toyloq (544 gektar), Bulunğur (503 gektar), Jomboy (423 gektar) va Oqdaryo (323 ) tumanlariga töğri keladi.
Iştixon, Nurobod, Qöşrabot va Narpay tumanlarida esa yaroqsiz deb topilgan boğlar eng kam körsatkiçga ega bölib turibdi.













