Özbekistonlik erkin kuraşçi Hasanboy Rahimov (-125 kg) antidoping qoidalarini buzgani uçun 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi yöllanmasidan mahrum qilingani haqida xabar berilgandi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bu borada rasmiy bayonot berdi.
«Özbekiston sport kuraşlari assotsiatsiyasiga Birlaşgan sport dunyosi United World Wrestling (UWW) federatsiyasidan ham rasmiy maktub kelib tuşgan. Maktub mazmunida UWW Mustaqil antidoping taşkiloti (ITA) tahlillariga asoslangan holda Hasanboy Rahimovda doping aniqlanganini aytilgan.
Bayon qilinişiça, Hasanboy Rahimovdan ötgan yili Qozoğistonning Nur-Sulton şahrida ötkazilgan sport kuraşlari böyiça kattalar örtasidagi Jahon çempionati çoğida olingan doping-tahlil ijobiy natija bergan. Tekşiruv Germaniyaning Drezden şahridagi laboratoriyada ötkazilgan. Rahimovning qon tarkibida taqiqlangan klomifen (S4 toifa. gormonlar va modulyatorlar, metabolizm/klomifen) moddasi borligi aniqlangan.
Aynan Nur-Sultondagi jahon çempionatida Hasanboy Rahimov 125 kg vazn toifasida bronza medalini qölga kiritiş barobarida Tokio-2020 Olimpiadasi litsenziyasini ham rasmiylaştirgan edi.
Özbekiston sport kuraşlari assotsiatsiyasining ma'lum qilişiça, Hasanboy Rahimov soğliğida yuzaga kelgan muammo sabab şifokor tavsiyasiga köra, dori vositasi qabul qilgan. Ammo bu vosita tarkibida taqiqlangan klomifen moddasi borligini bilmagan. Sportçi öşa paytda soğliğini birinçi öringa qöygani uçun biroz ehtiyotsizlik qilgan», - deyiladi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rasmiy xabarida.
Ma'lumot uçun, Hasanboy Rahimovdan taşqari suriyalik Badha Xutaba (-125 kg) va fransiyalik Zelimxon Hojiyev (-74 kg) ham qonidan doping topilgani sababli diskvalifikatsiya qilingandi.












