Tunis milliy jamoasining 2026 yilgi jahon çempionatida iştirok etgan kamida 8 nafar futbolçisi doping-testi musbat natija körsatdi, deb xabar berdi Daily Mail.
Tekşiruvlar öpkadagi nafas yöllarini böşaştiruvçi dori — klenbuterol borligini körsatdi. U Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalar röyxatiga kiritilgan.
Biroq, keyinçalik rasmiylar moddaning mavjudligi Meksikadagi jamoa bazasida mahalliy göştni iste’mol qiliş bilan boğliq bölişi mumkinligini aniqladi.
Futbolçilarning klublari allaqaçon vaziyatdan xabardor qilingan, biroq öyinçilarga nisbatan qöşimça sanksiyalar qöllanilişi dargumon.
Ba’zi mamlakatlarda, jumladan, Meksikada, klenbuterol çorvaçilikda qoramollarning ösişini tezlaştiriş uçun işlatiladi, şu sababli ilgari ham sportçilarning organizmiga ovqat orqali modda tuşişi holatlari qayd etilgan. 2011 yilda Meksikada bölib ötgan ösmirlar örtasidagi jahon çempionatida 109 nafar futbolçi ijobiy test topşirgan, ammo FIFA va WADA oziq-ovqat ifloslanişini sabab qilib, sanksiyalar qöllamagan edi.
Tunis milliy jamoasi turnirda muvaffaqiyatsiz iştirok etdi: Şvetsiya (1:5), Yaponiya (0:4) va Niderlandiyaga (1:3) yutqazib, guruh bosqiçidagi iştirokini yakunladi.
Birinçi öyindan söng federatsiya boş murabbiy Sabri Lyamuşini işdan böşatdi - Tunis jahon çempionatlari tarixida bir öyindan söng murabbiyni almaştirgan ilk davlat böldi.









