Yanvar-fevral oylarida eksport körsatkiçi bir yil oldingiga qaraganda 17,2 foizga tuşib ketdi – $292,45 mlrd.
Import hajmi esa kutilmalardan ança past darajada – 4 foizga kamaydi – $299,5. CNBC`ning yozişiça, sörovnomalar natijasida import 15 foizga kamayişi kutilayotgan edi.
Hisobot davrida savdo balansidagi defitsit 7,09 milliard dollarni taşkil qildi. Bozor iştirokçilari esa bu raqam 24,6 milliardga teng bölişini kutişgandi.
Xitoy taşqi savdosidagi qisqariş SARS-CoV-2 koronavirusi tarqalişi, şu bilan boğliq holda mamlakatdagi Yangi yil ta'tili muddatining uzayişi bilan boğliq.
Eslatib ötamiz, respublikada yangi aniqlanayotgan kasallaniş holatlari soni asta-sekin kamaya boşlagan, mahalliy hukumatlar favqulodda çoralarni yumşatişga ötişgan.
Xitoy Moliya vazirligi epidemiologik holatni bartaraf etiş uçun 10 milliard dollar ajratişga qaror qilgan.


















