Tibbiy asboblar va gözallik salonlari ustalarining asboblaridagi viruslar, bakteriyalar, zamburuğlar va endosporalarni sterillaş uçun möljallangan Safo Nur qurilmasi haqidagi maqola çop etilganidan keyin biz ança faol fidbekka ega böldik. Bundan taşqari ayrim masalalar, ular yaqqol ekaniga qaramasdan, bizni öylantirişga majbur etdi. Şu bois, biz mazkur maqola doirasida gözallik salonlarining bölğusi va hozirgi egalari hamda tibbiy klinika yoki tibbiy kabinet oçişga qaror qilgan tadbirkorlar tomonidan tez-tez beriladigan savollarga batafsil javob beramiz.
Biz aholiga xizmat körsatuvçi tibbiy klinikalar, xususiy tibbiy kabinetlar, gözallik salonlari va boşqa muassasalarni SanPiN talablariga muvofiq jihozlaş haqida gapirganimizda, nafaqat xodimlarda oq xalat va har bir xodimda dolzarb tibbiy daftarça bölişini nazarda tutamiz. Mavjud va yangidan oçilayotgan korxonalar salon ustalari va klinika şifokorlari işlaydigan asboblarni sterillaş uçun tegişli apparatlar bilan ham jihozlanişi zarur.
Söz tibbiy xizmatlarni körsatiş çoğida yuzaga kelişi mumkin bölgan ehtimoliy mayda jarohatlanişdan çiqadigan qon bilan aloqani nazarda tutuvçi xizmatlar haqida borar ekan, asboblarga işlov beriş masalasi eng birinçi öringa qöyilişi şart. Tegişli SanPiNda belgilangan qoidalar tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan puxta örganilişi hamda şifokorlar, ustalar va ularning mijozlari hamda bemorlari uçun möljallangan xavfsiz işlaş normalariga amal qilinişi zarur.
Safo Nur qurilmasi boşqa sterillaş apparatlari bilan birgalikda
Klinika yoki tibbiy kabinet oçayotgan tadbirkorlarni taşvişlantirayotgan savollar:
- Yangidan oçilayotgan klinikalar va kabinetlarga litsenziya oliş uçun Safo Nur qurilmasini xarid qilişning özi yetarlimi?
- Sanepidnazorat tomonidan savollar tuğilmaydimi?
- Agar avtoklav va quruq issiq örniga Safo Nur qurilmasining özini xarid qilsa, nazorat qiluvçi organlar tomonidan gap tegişi mumkinmi?
- Ultrabinafşa nurlatgiç lampalari örnatilgan apparatlarda asbob va uskunalarni sterillaş mumkinmi?
Bunday savollar birinçi marta tibbiy muassasa oçayotgan tadbirkorlarda paydo böladi – tajribali tibbiyotçilar sterillaş apparatlarini tanlaşda asboblar gradatsiyasi zarurligini yaxşi tuşunadi. Quyida ularning savollariga javob beramiz.
Boşqa sterillaş apparatlari bilan birgalikda degan qoidaga urğu beramiz. Avtoklav örniga Safo Nur qurilmasini arzonroq bölgani uçun xarid qiliş – bu avval boşidanoq notöğri yondaşuv. Sterillaydigan apparatni tanlaşda narx masalasidan kelib çiqiş mumkin emas. Şifokor yoki usta özining kundalik faoliyatida qanday asboblardan foydalanişini asos qilib oliş zarur. Asboblarning turli toifalari uçun SanPiN talablariga muvofiq sterillaşning muayyan turi möljallangan bölib, bu masalada bir-birining örnini bosiş yaramaydi va bunday bölişi ham mumkin emas.
Har bir metod — öziga xos va tor maqsadi böyiça afzalliklarga ega. Sterillaşning ham fizikaviy, ham kimyoviy metodlari bir xil samarali qöllanadi; faqat farqi uşbu metodlarni qöllaşning öziga xosligida, ular SanPiNda batafsil bayon etilgan.
Dastavval, sterillaş apparatini tanlaşda foydalaniladigan asboblar va ularni sterillaş usullariga aniqlik kiritiş lozim. Buni mustaqil ravişda amalga oşirolmayapsizmi? Unda SES inspektori bilan maslahatlaşing. Stomatologiya, lor, kosmetologiya kabinetlarining tajribasi böyiça sterillaş apparatlarining har xil turlariga ega böliş zarur; bu – SanPiNning normativ talablaridir.
Safo Nur qurilmasi sterillaşning kimyoviy usulini amalga oşiradi, umuman olganda esa u asboblarni, xususan termik işlov berilişi mumkin bölmagan termolabil asboblarni sterillaş uçun universal qurilma hisoblanadi. Bunday asboblar uçun sterillaşning aynan kimyoviy usuli tavsiya etiladi.
Hozirgi şifokorlar va ustalarda faqat sovuq usulda sterillanişi mumkin bölgan köplab asboblar va materiallar mavjud, avtoklav va quruq issiq esa bunday asboblar uçun tavsiya etilmaydi yoki umuman mumkin emas.
Safo Nur qurilmasi yordamida sterillaş şişa, rezina, kauçuk, plastik, silikondan tayyorlangan asboblar va materiallar uçun; kompozit materiallar va turli qotişmalardan tayyorlangan asboblar uçun; pölatdan tayyorlangan asboblar uçun optimal hisoblanadi. Bunday sterillaş asboblarning tömtoq bölib qolişiga yöl qöymaydi, ularning xususiyatlarini saqlaydi.
Agar muassasada faqat Safo Nur qurilmasa bölsa, nazorat qiluvçi organlar tomonidan gap tegişi mumkinmi? degan dolzarb savolga javob beramiz.
Agar muassasangizda qöllanadigan asboblar orasida issiq usulda majburiy sterillanişi kerak bölgan asboblar va materiallar bölmasa, Safo Nur qurilmasining ÖZINI xarid qiliş va undan foydalanişning özi yetarli va bunga ruxsat beriladi: uşbu qurilma Soğliqni saqlaş vazirligining ÖzR Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tartibga soluvçi hujjatiga muvofiq foydalanişga ruxsat berilgan. Demak, sizga heç qanday e'tiroz bölmaydi.
Beriladigan savollardan yana biri: Ultrabinafşa nurlatgiç lampalari örnatilgan apparatlarda asbob va uskunalarni sterillaş mumkinmi?
Javob: mumkin emas. Mazkur apparatlar faqat steril asbob va uskunalarni saqlaş uçun möljallangan, SanPiN talablari böyiça ultrabinafşa nurlatgiçli appratlarni asbob va uskunalarni sterillaş maqsadida qöllaş qat'iyan man etiladi.
Safo Nur qurilmasi gözallik salonlari va sartaroşxonalar uçun — narx masalasi
Safo Nur qurilmasi gözallik salonlari va sartaroşxonalarida asboblar sterilligi böyiça ehtiyojlarni töliq qondiradi deyiş mumkin.
Salon sohiblari va ustalarining «nega bunça qimmat?» degan savoliga javob beramiz. Safo Nur qurilmasining qiymatini salonning bir kunlik tuşumiga tenglaştirsa böladi. U mijozlar bilan işlaş uçun möljallangan steril asboblarga doim ega böliş imkoniyati bilan töliq özini oqlaydi. Sartaroş 90 daqiqa içida bir vaqtning özida qayçilar va taroqlarning TÖRTTA töplamini sterillaşi mumkin. Manikyur ustasi esa özi işlaydigan BARÇA asboblarni, şu jumladan egovçalar, apparatda manikyur qiliş uçun nasadkalar va boşqa termolabil asboblarni sterillaşi mumkin. Pölat möyçinaklar va qayçilarga töxtaladigan bölsak, Safo Nur qurilmasida sterillaş ularga agressiv ta'sir qilmaydi, işlov berilganidan keyin asboblar özining işçi xususiyatlarini yöqotmaydi, ular ötkir va mustahkam bölib qolaveradi. Natijada, Safo Nur qurilmasi asboblarning xizmat muddatini uzaytiradi.
Yuqorida aytilganlarni dalillar bilan mustahkamlaymiz: narxi böyiça eng hamyonbop avtoklav 2,5 baravar qimmat turadi, buning ustiga uning uçun maxsus xona ajratiş kerak.
Safo Nur qurilmasi — yaqqol afzalliklari.
Nega Safo Nur qurilmasini xarid qiliş manfaatli?
Safo Nur qurilmasini xarid qilişning afzalliklari nimada?
- Özbekistonda qurilmani işlab çiqariş yölga qöyilgan. Qurilmada zamonaviy sifat standartlariga, xususan, ROHS xalqaro sifat standarti talablariga javob beradigan butlovçi materiallardan foydalanilgan;
- qurilmaning uzoq muddat xizmat qilişi, sterillaş jarayonida qöllanadigan sterillovçi agentning sarf materiali arzon hamyonbop ekanligi Safo Nur qurilmasidan foydalanişda uni tejamkor qiladi;
- vaqtni tejaydi: sterillaş jarayoni 90 daqiqa davom etadi, boşqa kimyoviy işlov beriş turlariga sarflanadigan vaqt esa bir neça soatni (6-9 soat) taşkil qiladi;
- xodimlar uçun xavfsiz, foydalaniş qulay;
- keng turdagi (şişa, rezina, kauçuk, plastik, silikon, kompozit materiallar va turli qotişmalardan tayyorlangan) termolabil asboblarni sterillaş imkoniyati mavjud;
- pölat yoki qotişmalardan tayyorlangan qimmat asboblarning xizmat muddatini uzaytirişdan köriladigan iqtisodiy manfaat. Asboblar yuqori harorat ostida sterillanganda tömtoq bölib qolişi va tezda yaroqsiz holatga kelişi mumkin. Safo Nur qurilmasida avaylab amalga oşiriladigan sterillaş jarayoni tufayli asboblar özining işçi xususiyatlarini uzoqroq saqlaydi. Safo Nur kurilmasi tibbiy personal tomonidan qöllaşda oson, qulay va alohida maxsus tayyorgarlik talab qilmaydi.
Oddiy misol: piçoqni çarxlab, uni issiq suvga solib köring. U tömtoq bölib qoladi. Sovuq suvga solsangiz, piçoq ötkirligini saqlab qoladi.
Asboblar sterilizatsiyadan keyin nafaqat steril, balki foydalanişga yaroqli bölişi ham kerak. Asbobning öz texnik xarakteristikalarini, masalan, ötkirligini yöqotişi uni foydalanişga yaroqsiz qiladi. Bu sterillaş usuli va qurilmasini tanlaşda töğri yondaşuv zarurligini anglatadi.
Safo Nur qurilmasining yaratilişi, uning Özbekiston va dunyoda rasmiy tan olinişi
Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlaştiriş uçun möljallangan Safo Nur qurilmasi tibbiyot fanlari doktori, professor Nariman Ğulomoviç Ğulomov tomonidan New Medical Technologies MÇJ kompaniyasining ilmiy-texnikaviy bazasida işlab çiqildi.
Qurilmaga Özbekiston Respublikasining patent idorasi tomonidan 23.05.2014 yilda berilgan IAP05259 sonli patenti, şuningdek Yevrosiyo, AQŞ va Xitoy patent idoralari tomonidan tibbiy asboblarda viruslar, bakteriyalar, zamburuğlar va endosporalarni inaktivlaştiriş uçun qurilma ixtirosiga patentlar berilgan.
Eslatib ötamiz: 2020 yil 1 martdan Özbekiston Prezidentining 5884-sonli Farmoni kuçga kirdi. Unga köra SES tibbiy klinikalar, kabinetlar, gözallik salonlarini nafaqat reglamentga muvofiq yarim yilda bir marta tekşiradi, balki jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari asosida va ijtimoiy tarmoqlarda asosli ma'lumotlar mavjud bölganida çeklanmagan miqdorda tekşirişi mumkin.
Özbekiston Prezidentining 5884-sonli Farmoni kuçga kirganidan keyin har bir fuqaro klinikalar yoki gözallik salonlarida gigiyena va tozalik normalariga amal qilinmayotgani haqidagi asosli şikoyatlarini nazorat organlariga ma'lum qilişga haqli. Albatta, bunday şikoyatlarning oldini oliş va özingizga qaraşli muassasani SanPiN normalari va talablariga muvofiq sterillaş qurilmalari bilan ta'minlaş maqsadga muvofiq.
Batafsil ma'lumot uçun:
Sayt: nmt.uz
Telefonlar:
+99898 3007392 (qönğiroqlar uçun)
+99890 3512090 (Telegram uçun)
Reklama huquqi asosida










