Millatning soğliği haqida qayğuriş butun bir tadbirlar majmuini nazarda tutadi, ulardan biri – turli tibbiy harakatlar paytida viruslarni yuqtirmaslik böyiça xavfsizlikni oşirişdir. Biz bu mavzuni özbekistonlik olimlarning innovatsion işlanmasi – Safo Nur qurilmasi haqidagi maqolamizda kötarib çiqqan edik. Uşbu işlanma New Medical Technologies mutaxassislarining kuçi bilan yaratilgan bölib, uning yordamida tibbiy uskunalar, şu jumladan kompozit materiallardan tayyorlangan uskunalar ham kasallik tuğdiruvçi viruslar, bakteriyalar, zamburuğlar va endosporalardan zararsizlantiriladi.
Safo Nur qurilmasining samaradorligini baholaşda noyob usul qöllanadi, u haqda bizga Safo Nur qurilmasining yaratuvçisi va “Limfotrop xususiyatga ega viruslarni aniqlaş va ularning yaşaş qobiliyatini baholaş usuli”ning muallifi, tibbiyot fanlari doktori, professor Narimon Ğulomoviç Ğulomov batafsil gapirib berdi.

- Narimon Ğulomoviç, nega yangi metodikani işlab çiqiş zarurati paydo böldi? Nazorat qilişning mavjud muqobil metodlari yetarli emasmidi?
Bugungi kunda Özbekistondagi tibbiy muassasalarda qöllanadigan IFT va PZR metodlari infeksion kasalliklar diagnostikasida ilğor metodlar hisoblanadi, biroq ular ham kamçiliklardan mustasno emas. Ularda sezgirlik “çegarasi” mavjud, ya'ni reaksiyaning işonarli ijobiy natijasini oliş uçun uşbu metodlarning har biri biologik materialning tadqiq qilinadigan hajmida muayyan miqdordagi antitanaçalar yoki virusli zarralar bölişini talab qiladi. Agar biologik materialda antitanaçalar yoki virusli zarralar miqdori IFT yoki PZR metodining sezgirlik “çegarasi”dan past bölsa, reaksiya natijasi şubhali yoki yolğon-salbiy bölişi mumkin, bu esa diagnoz qöyişda xatoliklarga olib keladi. Bu ayniqsa donorlarning qonini virusli infeksiyalar bor-yöqligiga testdan ötkazişda juda muhim.
Safo Nur qurilmasi işlab çiqilayotgan paytda oldimizga viruslarning yaşaş qobiliyatini baholaşni ta'minlovçi nazorat metodini taqdim etiş talabi qöyildi. Qurilma analoglari bölmagani bois, oldimizga limfotrop viruslarni aniqlaş va ularning yaşaş qobiliyatini baholaş usulini işlab çiqiş vazifasi qöyildi; limfotroplik — bu viruslarning limfotsitlarga kiriş va replikatsiyalaniş, ya'ni ularning içida köpayiş qobiliyatidir.
Uşbu usul asosida V (HBV) va S (HCV) gepatiti viruslarining hamda odam immun tanqisligi virusining (HIV) limfotrop xususiyatlari yotadi. Oxir-oqibatda biz “Limfotrop viruslarni aniqlaş va ularning yaşaş qobiliyatini baholaş usuli”ni işlab çiqdik, u:










