Zarar yetkazmaslik – bu şifokorning asosiy vazifasi. Buni u nafaqat hozir va şu yerda bajaradigan harakatlari, balki keyinroq yuzaga çiqadigan oqibatlari bilan ham isbotlaşi kerak.

Şifokorning xatti-harakatlari inson salomatligiga qanday ehtimoliy zarar yetkazişi mumkinligi, bemorni samarali davolaydigan dorilari mavjud bölmagan kasalliklarning viruslaridan himoya qiliş mas'uliyati hamda viruslar yuqişining oldini oliş usullari haqida tibbiy asboblarda viruslar, bakteriyalar, zamburuğlar va endosporalarni inaktivlaştiruvçi qurilma muallifi, tibbiyot fanlari doktori, professor Narimon Ğulomoviç Ğulomov sözlab berdi.

«Stomatolog, ginekolog, kosmetolog, manikyur va pedikyur ustasiga qilinadigan har bir taşrif şifokor yoki ustaning asboblari,albatta, inson qoniga tegişini közda tutadi. Stomatolog qabulida ham bu narsa mavjud, manikyur paytida esa tasodifiy kesilib ketişlardan heç kim kafolatlanmagan.

Statistika ma'lumotlariga köra, odamlarning OIV virusi, V va S gepatitlarini yuqtirişi, infeksiyaga çalinganlar umumiy sonining 3-11% holatida, jarrohlik, stomatologik, oftalmologik, laringologik, ginekologik va boşqa köplab aralaşuvlar paytida köp marta qöllanadigan tibbiy asboblar orqali yuz beradi. Ha, infeksiyani yuqtiriş xavfi yuqori, ammo bemorlarning aynan klinikalarda yuqtirganligi faktini isbotlab bölmaydi.

Xöş, bemorning OIV, V va S gepatiti viruslarini ehtimoliy yuqtirişining oldini oluvçi közga körinmaydigan sterillik va xavfsizlik kafolatini anglatadigan tibbiy asboblar tozaligi uçun kim javobgar hisoblanadi?

Faqat şifokorning özi. Asboblarni mavjud protokolga muvofiq sterillaş yoki nafaqat bemorlarni, balki özini ham infeksiya yuqtiriş xavfiga duçor qiliş – bu ularning tanlovidir. JSST ma'lumotlariga köra, tibbiy xodimlar va gözallik salonlari xodimlarining zararlangan asboblar orqali infeksiya yuqtiriş xavfi juda yuqori. 

Yuqori haroratlar va kislotalar ta'siri ostida sterillaşning turli usullari tibbiy asboblarni zararsizlantirişning işonçli metodlari hisoblanadi, biroq ular asboblarning asosiy xususiyatlari bölgan qattiqlik, taranglik, tiniqlik va boşqa xossalari yöqolişiga olib keladi. Kompozit materiallar, turli qotişmalar, şişa, plastik massadan tayyorlangan termolabil asboblarni esa yuqori haroratda va kislotalar ta'siri ostida sterillaş mutlaqo mumkin emas. Oqibatda, asboblarga nisbatan bunday “tejamkorlik” tufayli tibbiy xodimlar köp hollarda ÖzR SanQvaNda belgilangan normalarga zid ravişda töğri kelmaydigan tozalaş usullarini qöllaydi. Natijada asboblarda replikatsiyaga, ya'ni organizm hujayralariga kirib oliş va köpayişga qodir bölgan virus zarralari saqlanib qoladi.