Bu milliarderlardan yarmidan köpi soğliqni saqlaş sohasi bilan boğlangan.  

Xitoylik tadbirkorlardan koronavirus epidemiyasi ortida Hansoh Pharmaceutical farmatsevtika kompaniyasi rahbari Çjun Xueytszyuan eng köp daromad oldi. 6 mart kuni savdolar yopilişi oldidan ayol tadbirkorning boyligi bir hafta avvalgidan 2,2 mlrd dollar yoki 16 foizga köpayib, 16,6 mlrd dollarga baholangan. 59 yoşli ayol va uning qizi yuqumli kasalliklar, qand kasalligi va saraton kasalliklaridan dori vositalari işlab çiqaruvçi kompaniyaning 75 foiz aksiyasiga egalik qiladi. 

Çjun turmuş örtoği bilan Xitoyning eng boy oilasini taşkil qiladi. Uning turmuş örtoği Sun Pyaoyanning boyligi ötgan hafta içida 1,3 mlrd dollarga köpayib, 13,6 mlrd dollargaça yetgan. 61 yoşli tadbirkor joriy yanvargaça 30 yil davomida Xitoyning eng yirik farmatsevtik kompaniyasi Jiangsu Hengrui’ga rahbarlik qilib kelgan. Oğriqsizlantiruvçi vositalar va antibiotiklar işlab çiqaruvçi kompaniya aksiyalari Şanhay birjasida bir hafta içida 10 foizga oşgan. 

Jiangsu Hengrui va Hansoh Pharmaceutical aksiyalari qimmatlaşişi yana bir xitoylik tadbirkor Tsen Tszyunda boyligining hammadan köproq - 21 foizga, ya'ni 7,8 mlrd dollargaça oşişiga imkon berdi. 

Xitoyning şifoxona qurilmalari yetkazib beruvçi eng yirik kompaniyasi Mindray Medical International asosçilaridan biri va boş direktori Li Sitinning boyligi 1,3 mlrd dollarga (11 foiz) köpayib, 13,2 mlrd dollarga yetgan. Şençjen şahrida joylaşgan kompaniya monitoring uçun qurilmalar va qon tahlili uçun reagentlar işlab çiqaradi. 

Mindray Medical International’ning yana bir asosçisi Syuy Xanning boyligi ham 1,3 mlrd dollarga köpayib, 12,8 mlrd dollarga yetgan. 53 yoşli Syuy kompaniyaning direktorlar kengaşi raisi hisoblanadi.

Aier Eye Hospital Group oftalmologiya tarmoği raisi Çen Banning boyligi 6 mart kuni bir hafta içida 1 mlrd dollarga (13 foizga) köpayib, 9,1 mlrd dollarga yetdi. Boş qarorgohi Xunan provinsiyasida joylaşgan kompaniya AQŞ, Yevropa va Hongkongda 80 dan köproq oftalmologik klinikaga ega.     

Soğliqni saqlaş sohasi bilan boğliq bölmagan yana 4 milliarder oxirgi hafta içida sezilarli boyidi. Jumladan, Tsin Inlinning boyligi 1,9 mlrd dollarga (10 foiz) köpayib, 20,3 mlrd dollarga yetdi. 54 yoşli Tsin Xitoyning çöçqa yetiştiruvçi eng yirik kompaniyalaridan biri Muyuan Foodstuff’ga rahbarlik qiladi. 

New Hope Group konglomerati egasi Lyu Yunxaoning boyligi 1,8 mlrd dollarga (16 foiz) köpayib, 12,7 mlrd dollarga yetgan. Konglomeratning bölinmalaridan biri New Hope Liuhe Xitoyning eng yirik qişloq xöjaligi kompaniyalaridan biri sanaladi. 

Xitoyning eng badavlat odamlaridan biri, Tencent asosçisi va boş direktori Ma Xuatenning (Poni Ma kabi ma'lum) boyligi bir hafta içida 1,1 mlrd dollarga köpayib, hozirda 44,5 mlrd dollarga baholanmoqda. Tencent yaqinda koronavirusni aniqlaş va unga qarşi vaksina topişga qaratilgan yangi loyihalarni işga tuşirdi. Epidemiya vaqtida Xitoyning qançalik köp aholisi öz uyida qolsa, Tencent’ning öyin, musiqa va boşqa köngiloçar xizmatlariga talab şunçalik oşib boradi.      

Quyida 2 martdan 6 martgaça davrda boyligi eng katta miqdorda ösgan xitoylik milliarderlar öntaligi keltirilgan:

Çjun Xueytszyuan, Hansoh Pharmaceutical, 2,2 mlrd dollarga boyigan

Tsin Inlin va oilasi, Muyuan Foodstuff, 1,9 mlrd dollarga boyigan

Lyu Yunxao va oilasi, New Hope Group, 1,8 mlrd dollarga boyigan

Tsen Tszyunda, Jiangsu Hengrui, 1,4 mlrdga dollarga boyigan

Li Sitin, Mindray Medical International, 1,3 mlrd dollarga boyigan

Syuy Xan, Mindray Medical International, 1,3 mlrd dollarga boyigan

Sun Pyaoyan, Jiangsu Hengrui, 1,3 mlrd dollarga boyigan

Xe Syanszyan, Midea Group, 1,2 mlrd dollarga boyigan

Ma Xuaten, Tencent, 1,1 mlrd dollarga boyigan

Çen Ban, Aier Eye Hospital Group, 1 mlrd dollarga boyigan.