Bozorlar va gazetalar. O‘zbekistonda mingdan ortiq korxonalarning davlat ulushi to‘liq sotiladi
O‘zbekistonda mingdan ortiq korxonalarning davlat ulushi to‘liq sotiladi. Bu haqda 13 mart kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan uyushtirilgan «Transformatsiya: iqtisodiyotda davlat ishtirokini keskin kamaytirish» mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro tadbirda aytib o‘tildi.
Hozirgi vaqtga kelib davlat ulushidagi korxonalar soni 2965tani tashkil etayogan bo‘lsa, shulardan 58 foizi DUK, 33 foizi MChJ hamda 9 foizi AKga tegishlidir.
Unga ko‘ra, davlat ulushi to‘liq sotiladigan davlat ishtirokidagi korxonalarga quyidagilar kirishi ma'lum qilindi: Neft va gaz sohasida 69ta, energetikada 25ta, kimyo sanoatida 8ta, bank va moliya tashkilotlarida 4ta, yog‘-moy tashkilotlarida 16ta, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda 11ta, loyihalash institutlarida 23ta, gazeta va jurnallarda 94ta, bozorlar va komplekslarda 509ta hamda boshqa 336ta qo‘shimcha korxonalar.
Shu bilan birga, ushbu qarorda ko‘pgina kompaniyalarning isloh qilinishi ham nazarda tutilgan. Jumladan, «O‘zbektelekom», «O‘zbekiston temir yo‘llari», «O‘zmaxsusmontajqurilish», «O‘zdonmahsulot», «O‘zbekoziqovqatxolding», «O‘zavtosanoat», «O‘zagrosanoatxolding», «O‘zagrokimyohimoya», «Toshshahartransxizmat», «O‘zpaxtasanoat», «O‘zagroservis», «O‘zkimyosanoat» kabi kompaniyalar ham mavjud. Ushbu kompaniyalarda ko‘pgina islohotlarning amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Loyihalarning hayotga tatbiq etilishi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarni 81 foizga kamaytirish, davlat unitar korxonalarini 96 foizga qisqartirish, 20ta jamiyatlarda IPO o‘tkazish, kuzatuv kengashi mustaqil a'zolari sonini 20 foizgacha ko‘paytirish kutilmoqda.
«Uzbekistan Airways», «O‘zbekneftgaz», «O‘ztransgaz», «NTKMK», «OTMK», «O‘zmetkombinat», «O‘zbektelekom», «Toshkent RFB» boshqa jami 554ta korxona davlat ixtiyorida saqlab qolinsa, ularning 44tasi qisman sotuvga qo‘yiladi.
Qaror bozorlar tizimiga ham ta'sir etmasdan qolmadi. Shu sababli «Farhod dehqon bozori», «Askiya dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Chorsu buyum savdo kompleksi», «Yunusobod dehqon bozori», «O‘rikzor», «Chilonzor» va «Bekto‘pi savdo kompleks»lari va boshqa bozorlar shular jumlasidandir.
Shu bilan birga, «Ma'rifat» gazetasi tahririyati davlat unitar korxonasi (DUK), «Sharq» AJ, «Huquq va burch» ijtimoiy jurnali DUK, «O‘zbekiston nashriyot matbaa uyi» DUK, «G‘ofur G‘ulom» nomidagi nashriyot matbaa uyi DUK, «O‘qituvchi ilmiy-metodik nashriyot markazi» DUK, shuningdek, «UZDIGITAL TV» MChJ ham davlat ulushidan xususiy sektorga sotilishi belgilab qo‘yildi.
Bundan avvalroq ham prezident qarori loyihasi asosida O‘zbekistonda 1115ta davlat ulushlari xususiy sektorga sotilishi haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

09:33 / 28.03.2025
Bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning ishtiroki to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi

12:10 / 15.03.2025
“Yilda faqat 1 oy bo‘ladi” - Marg‘ilonning Ramazon bozori haqida

19:48 / 19.02.2025
Toshkent shahridagi bozorlarda patta narxlari oshirildi

09:20 / 15.02.2025