Bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning ishtiroki to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi
Bu biznes uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, deyiladi prezident huzuridagi yig‘ilishda.

Foto: Kun.uz
Hozirda respublikadagi 537 ta bozor va savdo majmualarining kamida 51 foiz ulushi mahalliy hokimliklarga tegishli. Endi bu tartib o‘zgaradi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 27 mart kuni davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bozorlarda mahalliy hokimlikning majburiy ishtirok etishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi. Bu tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘ladi.
Yer maydonlarini sotish bo‘yicha imkoniyatlar kengaytiriladi. Masalan, auksionda uzoq vaqtdan buyon sotilmay turgan, maydoni kichik bo‘lgan yonma-yon joylashgan yer uchastkalari birlashtirilib, qayta auksionga chiqariladi.
Davlat aktivlaridan samarali foydalanib, mahalliy budjetga tushumni ko‘paytirish bo‘yicha yaxshi tajribalar ham bor. Misol uchun, Toshkent shahrida munitsipal toifadagi joylar xatlov qilinib, elektron bazasi yaratildi. 102 ta samarasiz bino hamda 97 gektar bo‘sh yer aniqlanib, auksionga chiqarish boshlandi. O‘tgan yili bino-inshootlar ostidagi 118 gektar yer uchastkalarini xususiylashtirishdan 60 milliard so‘m tushum bo‘ldi. Bu – 2022 yilga nisbatan 5 karra ko‘p degani.
Endi ushbu tajriba barcha viloyat markazlarida, keyingi yil tumanlarda joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 30 maygacha yopiladi
Jamiyat | 21:45
-
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35
-
Tirbandlik solig‘i Nyu-York shahriga 4 oyda 216 million dollar keltirdi
Jahon | 21:33
-
Rossiya Ukrainaga yangi uchrashuv sanasi va vaqtini taklif qildi - Medinskiy
Jahon | 21:26
Mavzuga oid

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

09:15 / 05.05.2025
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaga qarshi rejalarini taqdim etishi majburiy bo‘ladi

10:02 / 16.04.2025