Amaldagi tartibga köra, huquqbuzar jarima soliş töğrisidagi qaror topşirilgan kundan boşlab 15 kundan keçirtirmay jarimani tölaşi belgilangan. Agar maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etilgan yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun solingan jarimani qaror çiqarilgan kundan boşlab 60 kundan keçikmay tölaşi lozim.

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boşqarmasi va uning hududiy bölimlariga joriy yilning 12 mart kuniga qadar 39 631 ta jami 13 mlrd 507 mln 280 ming sömlik ijro hujjatlari kelib tuşgan bölib, şu kungaça jami 5 mlrd 400 mln 200 ming sömlik ijro hujjatlarining ijrosi ta'minlanişiga erişildi. Biroq, iş yurituvida hozirda 17 498 ta 5 mlrd 181 mln 600 ming sömlik ijro hujjatlari mavjud.

Şu sababli, qoidabuzarlik qayd etilgan vaqtdan boşlab 60 kun içida jarima pullarini tölamay kelgan haydovçilar «Avtokon» fotovideofiksatsiya uskunasi orqali aniqlanmoqda. Uşbu qurilma jarimani öz vaqtida tölamay yurgan haydovçilarning avtomaşinalarini onlayn tarzda aniqlab beriş imkoniyatini beradi. 

Bugun, ya'ni bir kunning özida Andijon şahrida ötkazilgan reyd tadbirlarini tahlil qiladigan bölsak, qoidani buzib öz vaqtida jarimalarni amalga oşirmagan, jami 221 nafar qoidabuzar haydovçilar aniqlanib, ularga tegişli avtotransport vositasi jarima maydonçasiga olib kirib qöyildi.

Natijada, 12 mart kuni, ya'ni 1 kun içida 110 nafar qarzdorlarga nisbatan yuritilgan 143 ta ijro işi böyiça 72 mln. söm undirildi.

Şu örinda, haydovçilarimizga eslatib ötmoqçimiz, avvalo, yöllarda belgilangan yöl harakati qoidalariga amal qilişni unutmang. Agarda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarimalar bölsa, öz vaqtida tölaşni yoddan çiqarmang!

Ayni kunlarda ham Andijonda bunday tadbirlar davom etmoqda.