Ezgu Amal xayriya jamğarmasi dastlab ijtimoiy tarmoqlardagi oddiy sahifa bölgan va “Dunyoda mehribon insonlar mavjud” (“Mir ne bez dobryx lyudey”) deb nomlangan. Asta-sekin xayrixohlar köpaya borgan, ezgu niyatli kişilarning bir jamoa şakliga kelişi 2018 yil 12 noyabrda şahar adliya boşqarmasida röyxatdan ötiş bilan jamğarma şaklida rasmiy maqom olgan.

Ötgan davr davomida Ezgu Amal xayriya jamğarmasi qator loyihalarni amalga oşirdi, köpçilik bolajonlarning şifo topişiga sababçilardan biri böldi. 

Jamğarmaning 12 martdagi ta'sis yiğilişida ötgan davrning kiçik sarhisobi qilindi, bir yillik moliyaviy hisobotlar oşkor etildi. 

Ma'lum bölişiça, ötgan yilda 3118 kişi jamğarmaga kömak sörab murojaat qilgan. Hammuassis Marina Kondratovaning ma'lum qilişiça, ularning hammasiga ham yordam qilişning iloji bölmagan. Çunki bunça kişiga yordam bergudek mablağ va homiylar mavjud emas.

Hozir jamğarma törtta yirik homiylarga ega. Bular “Humo” xokkey klubi, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi, New Life Medical kompaniyasi hamda korzinka.uz savdo tarmoği. Jamğarma vakillari bu hamkorlarning yanada kengayişiga umid bildirmoqdalar.

Ma'lumotlarga köra, Özbekistonda har yili 800 nafardan ortiq bolalarda onkologik kasalliklar aniqlanadi, ammo ularning 70 foizi zarur muolajalarni töliq ololmaydilar.

Ularga kömak berişni maqsad qilgan Ezgu Amal xayriya jamğarmasi naqd pullar bilan işlamaydi. Tuşayotgan barça xayriya pullari maxsus hisob raqamda töplanadi va faqat rasmiy şartnomalar orqali sarflanadi.

Köpçilik kompaniyalar öz maydonlarida xayriya qutilari taşkil etganlar. Yorqin misol Anglesey Food kompaniyasi korzinka.uz supermarketlar tarmoğidagi şaffof qutilar orqali 500 mln. sömdan köproq mablağ töplab bergan. 

“Bu qutilar muhrlangan, faqat komissiya iştirokida oçiladi va bankka topşirilib, jamğarma hisob raqamiga tuşiriladi” – dedi Marina Kondratova.

Ezgu Amal bugungi kunda duç kelgan eng jiddiy muammo bu yangi soliq kodeksi bölmoqda. Hujjatga köra jamğarma jismoniy şaxslardan tuşgan mablağlarning 12 foizi miqdorida soliq tölaşi şart. Şuningdek, yangi kodeksga köra jamğarmalarga xayriya qilgan yuridik şaxslarga taqdim etiladigan 2 foizli soliq çegirmasi ham bekor qilingan.

Bolalar qabul qiladigan kimyoterapiyaning bir kursi örtaça 12 mln. sömga tuşadi. 12 foizli soliq amal qilsa, ötgan yil uçun 360 mln. söm soliq tölanişi kerak. Joriy yilning birinçi çoragi ham imtiyozli davrga kirgan, ammo aprel oyidan kuçga kiradigan soliqqa tortiş tizimi örtaça 40 nafar bemor bolaning kerakli muolajani ololmasligini anglatadi.

Jamğarma faollari Davlat Soliq Qömitasiga murojaat qilganlar, ammo qonunçilikka özgariş faqat yil yakunida kiritilişi mumkin. Öşanda ham jamğarmaga imtiyozlar qöllaniladimi yoki yöq, bu noma'lum. 

Jamğarma vasiylik kengaşi a'zosi Aziza Umarova Vazirlar Mahkamasiga bu masala böyiça murojaat qiliş taklifini bildirdi.

Şuningdek tadbir davomida onkogematologiya şifoxonalarida örinlar yetişmasligi, bemor bolalarga yetarli qulayliklar yaratilmaganiga ham e'tibor qaratildi.

Şifokor Kamol Iskandarovning ma'lum qilişiça, ötgan yili Özbekistonda onkologik kasallikka çalingan 100 ming nafar bemor borligi qayd etilgan va ularning 11 ming nafardan ortiği poytaxtda davolanişdan ötgan. Rivojlangan davlatlarda boş miya ösmalariga çalingan bemorlarning 70 foizi soğayib ketsa, Özbekistonda bu körsatkiç 25-30 foiz atrofida. 

Uçraşuv davomida jamğarma faoliyatini kuçaytiriş uçun yirik kompaniyalarni köproq jalb etişga harakat qiliş, xayriya işlari böyiça kengroq tarğibot olib borişga kelişildi.