AQŞda koronavirus tufayli 200 mingdan 1,7 milliongaça odam halok bölişi mumkin, deb yozmoqda The New York Times tahlilçisi Şeri Fink gazetaning 13 mart kuni e'lon qilgan sonida. U kasalliklarni profilaktika va nazorat qiliş markazi ma'lumotlari asosida maqola yozgan.
Maqolada yozilişiça, fevral oyida kasalliklarni profilaktika va nazorat qiliş markazi xodimlari mutaxassis virusologlar bilan birgalikda virusning tarqaliş tezligi va uning qançalik qiyin keçişiga qarab voqealar rivojidan ilgarilagan holda bir neçta ehtimoliy variantni körib çiqişdi. Eng yomon holatlarda vaziyat qanday bölişi haqidagi bu hisobotni AQŞ aholisi orasida virus tarqalişining ehtimoliy yönalişlarini tavsiflagan 50 ga yaqin olimlar guruhi körib çiqdi.
Ularning taxminiga köra, AQŞda koronavirus epidemiyasi tarqalişi ortidan kasallik eng yomon holatlarda 160-214 million amerikalik fuqarolarga yuqişi mumkin. Şu bilan birga, 2,4-21 million nafargaça fuqarolarni kasalxonalarga yotqiziş ehtiyoji paydo bölişi mumkin va bu tabiiyki soğliqni saqlaş sohasida inqirozni yuzaga keltiradi.

Bugun AQŞ şifoxonalari bir vaqtning özida 925 ming nafar bemorni qabul qiliş imkoniyatiga ega. Ularning atigi 10 foizi öta oğir bemorlar uçun möljallangan. Şu tufayli koronavirus yuqtirgan odamlarga kasalxonalarda joy yetmasligi va buning oqibatida qurbonlar soni köp bölişi mumkin.
Maqolada ta'kidlanişiça, mamlakatda virus tarqaliş tezligi federal va mahalliy miqyosda körilayotgan şoşilinç çoralar tufayli kamayişi mumkin. Misol tariqasida Xitoyda kasallik tarqalişiga qarşi qöllanilgan agressiv karantin çoralari haqida yozilgan.
Qiziği, tahlilçilarning hisoboti 28 fevralda e'lon qilingan va unda hali AQŞda koronavirus tarqaliş xavfi bugungiday dolzarb muammo emasdi. Florida universiteti yuqumli kasalliklar statistikasi markazining rahbarlaridan biri Ayri Lonjin bugungi kunda voqealar rivoji ekspertlar taxminini oqlayotganini aytdi. Hozirgaça AQŞda koronavirusdan 41 kişi vafot etgan, ularning 31 nafari poytaxt Vaşingtonda. Mamlakatda jami 1 635 nafar odamda kasallik aniqlangan.

Foto: Reuters
Oğir pnevmoniyani keltirib çiqaradigan SARS-CoV-2 virusi epidemiyasi 2019 yil dekabr oyining oxirida Xitoyning Uhan şahrida boşlandi. Sönggi ma'lumotlarga köra, dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 123 mamlakatda 131 ming kişidan oşdi, qariyb 5 ming bemor vafot etdi.
AQŞdagi holat oğirlaşganidan keyin keça 13 mart kuni prezident Donald Tramp mamlakatda favqulotda holat e'lon qildi. Oq uy rahbari virusga qarşi kuraşiş uçun davlat heç narsani ayamasligini hamda unga qarşi kuraşiş uçun 50 milliard dollargaça mablağ ajratilişi mumkinligini aytdi. Koronavirusga qarşi kuraş uçun işlab çiqilgan ilk dasturda esa AQŞ davlat ğaznasidan 8,5 milliard dollar ajratilgandi.













