Vaholanki, 2014 yildagi saylovlarning 1-turida 63,55 foiz saylovçi iştirok etgan.
Saylovlar natijalariga köra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron partiyasi “Olğa, respublika” past natija körsatgan. Gavr meri lavozimiga qayta saylaniş uçun kuraşgan boş vazir Eduar Filipp nomzodlar orasida eng yaxşi natijaga erişgan, biroq u 1-turda ğolib böliş uçun yetarli ovoz töplay olmagan. Filipp uçun 43 foiz saylovçi ovoz bergan.
Makronning eng yaqin safdoşlaridan biri Jyerar Kolomb mer bölgan Lionda prezident partiyasi nomzodi faqatgina 4-natijani körsatgan. Bu yerda yetakçilikni Yaşillar partiyasi nomzodi Gregori Duse qölga olgan. Şuningdek, “yaşillar” Bezanson, Strasburg va Grenoblda ham yetakçilik qilgan.
Parijda esa “Olğa, respublika” nomzodi Anes Buzen 3-natijani körsatgan (17,6 foiz ovoz), bu yerda sotsialistlar nomzodi – amaldagi mer Ann Idalgo yetakçilik qilgan. Unga saylovçilarning 30,2 foizi ovoz bergan.
Fransiyada munitsipal saylovlar 2 turda ötadi. Keyingi tur 22 martga belgilangan, biroq koronavirus epidemiyasi ortida bekor qilinişi mumkin. Bunga köplab siyosatçilar çaqirmoqda.
Bu orada Fransiya prezidenti saylovlarda ovoz beriş vaqtida demokratik jarayon karantinga qaramay davom etişi kerakligini aytgan. “Men nafaqat xavfsizlik va fuqarolar soğliği, balki mamlakatdagi demokratik hayot kafili ham hisoblanaman”, deb aytgan Makron.













