Ana şu qurilmaning buzib taşlangani yuzasidan kitobliklar murojaat qilişmoqda: «Özi ötgan yili qurilgan edi-ku, juda çiroyli turgandi, nega buziladi?» 

Öşa joyda böldik. Endi bu yerda anor ramzi örnida bir uyum tuproq qolgan.

Holatga dastlab Kitob tuman hokimligi vakillaridan biri telefonda qisqaça izoh bergandi: «Viloyat hokimi buyruği bilan buzilgan!»

Viloyat hokimligi axborot xizmati esa anor ramzi buzilmagani, balki boşqa, mos joyga köçirilganini ma'lum qildi.

Kitob tuman hokimligi quriliş böyiça mutaxassisining aytişiça esa mazkur hududda keyingi bir yilda yöl-transport hodisalari soni oşib ketgani, köçaning bu qismi kengaytirilib, obodonlaştirilişi munosabati bilan anor ramzi boşqa joyga — anor yetiştiriş bilan qadimdan maşhur bölgan Varganza massiviga köçiriladi.

Hokimlik mutasaddilaridan uşbu quriliş uçun ötgan yili qança mablağ sarflangani, bir yil ötib uni buziş uçun yana qança pul ketgani töğrisida ma'lumot ololmadik.

Köçiriliş sababi xalqqa tuşuntirilmagani ortidan esa aholida turli savollar paydo bölgan.

Anorga öxşaş xuddi şunday tarvuz yodgorligi Çiroqçi tumani hududida, A380 va 4R-87 yöli kesişmasida ham örnatilgan.

Anvar MUSTAFOQULOV,
Kun.uz muxbiri