Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida quriliş jarayonida foydalanilayotgan sifatsiz mahsulotlar aniqlanib, utilizatsiya qilindi.
Aniqlanişiça, sopol ğişt işlab çiqarişga ixtisoslaşgan «H.S» MÇJ (nomi özgartirilgan) tomonidan davlat buyurtmasi asosida barpo etilayotgan köp qavatli inşoot uçun me’yoriy hujjatlarga nomuvofiq bölgan sopol ğişt mahsulotlari yetkazib berilgan.
Mazkur holat yuzasidan Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan jamiyatga nomuvofiq mahsulotlarni muomaladan qaytarib oliş hamda ularni utilizatsiya qiliş böyiça taqdimnoma kiritildi.
Sifatsiz mahsulotlar Kitob tumani çiqindi poligonida utilizatsiya qilindi.
Korxona kelgusida me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etişi, aks holda qonunçilikda belgilangan tartibda qat’iy çoralar körilişi yuzasidan ogohlantirildi.












