Bu haqda AQŞ davlat departamenti bayonotida aytilgan.

Ta'kidlanişiça, AQŞ Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani va boş vazir, prezident saylovlarida iştirok etgan Abdulla Abdulla “inklyuziv hukumat” borasida kelişa olmaganlaridan afsuslaniş bildirgan.

Şu sababli Vaşington “Afğoniston bilan hamkorlik doirasini qayta körib” çiqmoqçi.
 
“Jumladan, biz Afğonistondagi xarajatlarimizni çeklaşimizni e'lon qilamiz va joriy yildagi moliyaviy yordamimizni bir milliard dollarga qisqartiramiz”, deb aytilgan bayonotda.
 
Şuningdek, 2021 yilda ham moliyaviy yordam 1 milliard dollarga qisqartiriladi.
 
18 fevralda Ğani Afğonistonda 2019 yil ötgan prezident saylovlarining ğolibi deb e'lon qilingan. Biroq uning asosiy raqibi Abdulla Abdulla saylovlar natijalarini tan olişdan boş tortgan. 

Ayni vaqtda mamlakatda qöşhokimlik yuzaga kelgan.