Italiya koronavirus tarqalişiga qarşi kuraş doirasida işlab çiqariş faoliyati töxtatilişidan oyiga 100 milliard yevroga yaqin iqtisodiy zarar körişi mumkin. Bu haqda Italiya sanoati umumiy konfederatsiyasi prezidenti Vinçenso Boçça ma'lum qildi.
Yakşanba kuni Italiya boş vaziri Juzeppe Konte mamlakat hududida aholiga zarur mahsulot va xizmatlar taqdim etiş bilan boğliq faoliyat olib bormaydigan barça işlab çiqarişlar töxtatilişi töğrisidagi dekretni imzoladi.
Boççaning sözlariga köra, mamlakatda işlab çiqariş quvvatining 70 foizi töxtatiladi.
"Agar bizning YaIM yiliga 1800 milliard yevroni taşkil etadigan bölsa, oyiga 150 milliard yevrolik işlab çiqariş degani. Agarda işlab çiqarişning 70 foizini töxtatsak, bu oyiga 100 milliard yevro yöqotişimizni bildiradi", - dedi u.
Italiya koronavirus tarqalişi böyiça Yevropada birinçi örinda turibdi va ötgan haftada qurbonlar soni böyiça Xitoydan ötib ketdi.
Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, mamlakat böyiça koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 60 mingga yaqin holat qayd etilgan, 7 mingdan ortiq bemor tuzalgan, 5476 kişi vafot etgan.













