Tadbirkorlar va işbilarmonlar endi masofadan turib murojaatlarini yuborişi mumkin. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, prezidentning 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-5969-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 176-sonli qaroriga asosan respublika hududida karantin e'lon qilinganligi sababli tadbirkorlik faoliyatiga oid murojaatlarni masofadan turib yuboriş mumkin.

Murojaatlarni quyidagiça yuborişi imkoni mavjud:

Savdo-sanoat palatasi Toşkent şahar hududiy boşqarmasi binosida taşkil etilgan Ştabning (95) 144-27-00 Call center'iga;

Toşkent şahrining barça hududidan qisqa 1100 va (71) 211-00-00 telefon raqamlariga;

Internet tarmoğidagi business.gov.uz yagona interaktiv portaliga.