Joriy yilning 25 mart kuni soat 09:30da, Farğona tumani 4R-112 “Farğona halqa” avtomobil yölining 222-km.da haydovçi F.F. “Lasetti” rusumli transport vositasini boşqarib ketayotgan vaqtida, avtomobilning çap oldi şinasi yorilgan.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, u yölni ajratib turuvçi beton tösiqdan ötib, qarama-qarşi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovçi X.K. boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasi bilan töqnaşuv sodir etgan. 

Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi yölovçisi, 1992 yilda tuğilgan B.M. olgan tan jarohati oğirligi sababli voqea joyida vafot etgan. “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovçisi F.F. va yölovçisi 1986 yilda tuğilgan M.Q. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

“Hurmatli yöl harakati iştirokçilari, yöllarda harakatlanganingizda “Yöl harakati qoidalari”ga amal qilişingizni sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.