Bu haqda Kun.uz’ga Toşkent viloyati hokimligi matbuot kotibi Behzod Qobulov xabar berdi.

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj, bemor va nogironligi bölgan, yakka-yolğiz, ehtiyojmand oilalarni moddiy qöllab-quvvatlaş maqsadida “Ming oilaga – ming tuhfa!” ijtimoiy xayriya aksiyasi doirasida viloyat hokimligi tomonidan saxovatpeşa insonlar, homiylar va korxona-taşkilotlar kömagida kam daromadli mingta oilaga qoramol hadya qilinmoqda. 25 mart kuni Oqqörğon tumanida kambağal hamda boquvçisini yöqotgan 41 ta oilaga bir boşdan soğin sigir topşirildi”, deydi Behzod Qobulov.

Toşkent viloyati axborot xizmati rahbarining aytişiça, kambağal oilalarning turmuş farovonligini yaxşilaşga qaratilgan “Ming oilaga – ming tuhfa!” ijtimoiy xayriya aksiyasi yaqin kunlarda viloyatning barça şahar va tumanlarida ötkaziladi. Mazkur tadbir Toşkent viloyatida kambağallikni kamaytirişga qaratilgan çora-tadbirlarning bir körinişi hisoblanadi.

Prezident Mirziyoyev boşçiligida 27 fevral kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida kambağallikni kamaytiriş, buning uçun ehtiyojmand oilalarga oylik yoki nafaqa miqdorini köpaytiriş, yoppasiga kredit beriş örniga ularni kasbga öqitiş, moliyaviy savodxonligini oşiriş, odamlarda tadbirkorlik hissini uyğotiş zarurligi alohida ta'kidlangan edi.

Bundan taşqari, Toşkent viloyatida uy şaroitida karantinda ötirgan ehtiyojmand oilalarga 12 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, 17 xil tibbiy-gigiyenik vositalar bepul tarqatilmoqda.

“Viloyatimizda uy şaroitida karantinda saqlanayotgan fuqarolarga ijtimoiy himoya körsatiş borasidagi işlar jadal olib borilmoqda. Koronavirus epidemiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida joriy etilgan karantin tartibiga amal qilib uyda ötirgan, biroq kundalik zaruriy mahsulotlarga ehtiyojmand oilalarga hokimlik tomonidan kerakli yordam körsatilmoqda. Jumladan, viloyat hokimining topşiriği bilan 12 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda 17 xil tibbiy-gigiyenik vositalar bepul tarqatilmoqda”, deydi Behzod Qobulov.