“Koronavirus infeksiyasi havo orqali yuqişi va harakatlaniş vositalarida kamida kamida tört kişi bölişini hisobga olganda, kasallikka qarşi kuraşda transport harakatini çeklaş eng samarali usul hisoblanadi. Xavfsizlikni ta'minlaş maqsadida Toşkent şahrida faoliyat körsatayotgan 10 ta YPX maskani, 14 ta blok va tösiq postlarda hamda Toşkent viloyatining şahar bilan çegara hudularidagi 14 ta blok va tösiq postlarda xodimlarning xizmat faoliyati kuçaytirildi. Uşbu YPX maskanlari, blok va post tösiqlariga 1 sutkada 609 nafar xodimlar jalb etilyapti.
Şuningdek, Toşkent viloyati hududidan avtotransport vositalarining Toşkent şahriga kirib kelişi mumkin bölgan 61 ta aylanma yöllar aniqlanib, uşbu yöllarni yopiş çoralari körildi.
Bundan taşqari, bugungi vaziyatdan kelib çiqib, mamlakatimizning boşqa hududlarida faoliyati töxtatilgan 21 ta YPX maskani hamda 60 ta blok va tösiq postlarning faoliyati qayta taşkil etildi.
Hozirda jami 50 ta YPX maskani, 90 ta blok va tösiq postlarda Içki işlar organlari, Mudofaa vazirligi hamda Milliy gvardiya xodimlari kuçaytirilgan tarzda xizmat olib bormoqdalar,”- deya xabar qildi Saidov.
Qöşimça qilinişiça, 24 mart soat 00.01 dan boşlab 12 soat davomida Toşkent şahri yönalişi böyiça harakatlanib kelayotgan jami 164 ming 245 ta avtotransport vositalari tekşirilib, ulardan 94 ming 705 tasi, şundan 16 ming 356 tasi yuk avtomobillari şaharga kiritildi, 69 mingtadan ortiği qaytarildi. 250 ming nafar şaxs tekşirilib, 160 ming 735 nafari tegişli hujjatlar asosida şaharga kiritildi. 90 ming 163 nafar fuqaro viloyatlarga qaytarildi.












