Prezidentning “Özbekiston Respublikasida suriştiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar mamlakatda suriştiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini takomillaştirişning asosiy yönalişlari etib belgilanadi:
işni sudga qadar yuritiş bosqiçini takomillaştiriş böyiça institutsional özgarişlar, jinoyat işlarini yuritişda dastlabki tergov va sud muhokamasini ötkazişning soddalaştirilgan tartibini joriy etiş;
suriştiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatining oçiqligi va şaffofligini ta'minlaş, şu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini kuçaytiriş;
samarali idoralararo hamkorlikni ta'minlaş;
suriştiruvçi va tergovçilarni tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş, şu jumladan suriştiruv va tergovçilarni tayyorlaşda “ustoz-şogird” an'analaridan keng foydalaniş;
suriştiruv va dastlabki tergov organlarining moddiy-texnik bazasini yanada takomillaştiriş, tergov qiliş funksiyalarini amalga oşiriş uçun zarur bölgan ilğor texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan ta'minlaş;
suriştiruvçilar va tergovçilar örtasida özaro tajriba almaşiş tizimini joriy etiş;
sud ekspertizasini ötkazuvçi organ va taşkilotlarning faoliyatini, şu jumladan uşbu sohada kadrlarni tayyorlaş tizimini takomillaştiriş;
jinoyatlarning foş etilişi, ularning kelib çiqişiga sabab böluvçi omillarni aholiga ta'sirçan tarzda yetkazib boriş mexanizmini yaratiş.
Özbekiston Respublikasida suriştiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini takomillaştirişning asosiy yönalişlarini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
Vazirlik va idoralar rahbarlari Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning öz vaqtida va samarali amalga oşirilişi uçun şaxsan javobgar ekanligi belgilab qöyiladi.

















