Röyxatdan Özbekistondan taşqari Qozoğiston, Qirğiziston, Ozarboyjon, Hindiston, Butan va Vetnam ham joy olgan.
Reuter’s xabariga köra, uşbu 7ta davlatga jami 1,7 millionta niqob, 165 mingta test, himoya kiyimlari va tibbiy asbob-uskunalar (sun'iy nafas oldiriş apparatlari, isitma ölçaş asboblari kabilar) jönatiladi.
Jyek Ma fondi bungaça Rossiya, AQŞ, Yevropa va Afrika davlatlariga ham gumanitar kömak körsatgan.
Eslatib ötamiz, milliarder Fattoh Şodiyev fondi ham Özbekistonga koronavirusga qarşi kuraşda yordam berişini ma'lum qilgan.
Özbekiston keça, 28 mart kuni Birlaşgan Arab Amirliklaridan 8 tonnadan ortiq gumanitar yordam qabul qilib oldi.
Avvalroq özbek diplomatik missiyalari Rossiya, Xitoy va Singapurdan gumanitar yuklarni olib keliş böyiça işlar olib borayotgani xabar qilingandi.
Bunga qadar Özbekiston tomoni Xitoy va Eronga insonparvarlik yordami jönatgandi.













