Yevropada pandemiya nazorat ostidan çiqib borayotgan şaroitda, Çexiyada koronavirusni yuqtirib olganlar soni past darajada qolmoqda.
18 mart kuni hukumat uydan çiqqan paytda oğiz va burunni yopib turişi şart bölgan biror narsani, masalan niqob yoki şarf taqişni majburiy qildi. Şundan söng, mamlakatda koronavirus epidemiyasining xuruji tiyildi.
Hovardning bayonotiga köra, «koronavirus yuqtirib olganlar sonining keskin pasayişi mamlakatda qölbola niqoblarni tikiş va ularni taqib yuriş bilan boğliq».
Atigi 10 kun içida Çexiyada niqob taqib yuriş darajasi deyarli 100 foizga yetdi. Niqoblar uydagi oddiy materiallardan, masalan eski futbolkalardan tikildi.
Hovardning ta'kidlaşiça, Janubiy Koreya, Yaponiya va Tayvanda ham koronavirusga qarşi niqoblardan foydalaniş ommaviy tus olgan va bu samara bermoqda.
«Janubiy Koreya, Yaponiya va Tayvanda niqob taqiş majburiy emas. Şunday bölsada, COVID-19 tarqalişi nazorat ostida turibdi. Qanday qilib? Asosiy sabablardan biri – ijtimoiy mas'uliyatni his qilib, jamoat joylarida niqob taqib yuriş», - dedi Hovard.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotiga köra, 30 mart holatiga Çexiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 2817tani, vafot etganlar soni 16tani, soğayib ketganlar soni 11tani taşkil qiladi.













