Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi matbuot xizmati rahbari Feruza Madrahimova nodavlat maktablar uçun mart oyining ikkinçi yarmiga pul tölagan ota-onalar bilan qayta hisob-kitob qilinişi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

Feruza Madrahimovaning aytişiça, nodavlat umumta'lim taşkilotlarida ta'lim oluvçining öqişi uçun tölanadigan tölov miqdori va tölovni amalga oşiriş davriyligi umumta'lim taşkiloti va ota-ona örtasidagi şartnomada belgilab qöyiladi.

«Karantin munosabati bilan 2020 yil 16 martdan boşlab barça davlat va nodavlat ta'lim taşkilotlarida öqiş jarayoni töxtatilib, ta'til e'lon qilindi.

Bu vaziyatda ota-onalar tomonidan mart oyi uçun oldindan tölov amalga oşirilgan bölsa, mart oyining ikkinçi yarmida dars maşğulotlari olib borilmagani sababli qayta hisob-kitob asosida ötkazilmagan dars maşğulotlari uçun tölangan tölov qaytarilişi lozim.

Agar tomonlar örtasida nizo çiqsa, tegişli fuqarolik işlari böyiça sudga murojaat qilinişi kerak», – dedi Madrahimova 31 mart kungi brifingda.

Uning sözlariga köra, agar xususiy maktablarda onlayn darslar taşkil qilinayotgan bölsa, bu holatda maktab uçun tölov qilinişi mumkin.

«Karantin davrida nodavlat umumta'lim taşkiloti tomonidan onlayn şaklda dars maşğulotlari taşkil etilayotgan bölsa, tomonlar örtasida tuzilgan şartnomaga qöşimça kelişuv imzolaş orqali darsni taşkil etiş şakli hamda tölov miqdori kelişib olinişi mumkin», – deya Feruza Madrahimovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Inspeksiya vakiliga köra, yangi tölov miqdorini belgilaşda ovqatlaniş va boşqa yakka tartibda işlaş xarajatlari çegirib taşlanişi lozim.

Agar tölov miqdori böyiça kelişuvga erişilmasa, tomonlar örtasida tuzilgan şartnoma tomonlar roziligi yoki nizo bölganda sud tartibida bekor qilinişi mumkin.