Rossiyaning «Rosselxoznadzor» tashkiloti O‘zbekistonning «eng ko‘p qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan» 10 ta eksportchisiga sabzavot va mevalar importiga vaqtinchalik cheklovlar kiritdi. Taqiq 30 maydan kuchga kiradi.

Ro‘yxatga quyidagi korxonalar kiritilgan: Exporia Trade, Glow Fruit, Sardobaagroeksport, Buxoro Meva Sabzovotchilik Exporti, Gani Bobo Bogi; Bmb Global Savdo, New Agroquva, Amir Grens, Zamora, Mirfayz-Parfyum Invest.

Qaror Rossiyada «fitosanitariya osoyishtaligini ta’minlash», shuningdek, O‘zbekistondan Rossiyaga karantin ostidagi tovarlarni yetkazib berishda «nomuvofiqlik holatlari» tufayli qabul qilingan.