23 iyuldan boşlab fitosanitar talablarni eng köp buzgan Özbekistonning 5 ta eksportçisi tomonidan Rossiyaga karantin nazorati ostidagi mahsulotlar olib kirilişi çeklanmoqda, deb xabar berdi Rosselxoznadzor.

Uşbu eksportçilar tomonidan yetkazib berilayotgan mahsulotlarning asosiy qismini karam, piyoz, ukrop, petruşka, uzum, lavlagi, pomidor hamda boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlari taşkil etadi.

“Qaror Özbekistondan Rossiyaga olib kirilayotgan karantin nazoratidagi mahsulotlarda karantin ob’yektlari aniqlanişi holatlari köpaygani hamda Rossiya hududining oziq-ovqat xavfsizligi va fitosanitar barqarorligini ta’minlaş, karantin zararkunandalari va kasalliklarining kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida qabul qilindi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, 2026 yil boşidan buyon 132 marta pomidor mevasining qönğir burişiş virusi, janubiy amerika pomidor kuyasi, ğarbiy (kaliforniya) gul tripsi, lavlagi tomirlarining nekrotik sarğayiş benivirusi kabi karantin ob’yektlari aniqlangan.

“Rossiya va xalqaro fitosanitar talablarning muntazam ravişda buzilişi Özbekistonning Rossiya bozoriga yetkazib berilayotgan karantin nazoratidagi mahsulotlar xavfsizligini ta’minlaş tizimi yetarliça samarali emasligini körsatmoqda”, deyilgan Rosselxoznadzor xabarida.

Çeklovlar aynan qaysi eksportçilarga nisbatan kiritilgani aytilmagan.