Entoni Fauçi AQŞdagi Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori, prezident Donald Trampning  COVID-19ga qarşi kuraş böyiça katta maslahatçisi bölib, u quyidagi tavsiyalarni bergan:

1.Özingizni özingiz davolamang. Bugungi kunda dunyoda koronavirusni qaysidir dori bilan davolaşning klinik jihatdan tasdiqlangan usuli yoki protokoli mavjud emas, koronavirusdan özboşimçalik bilan davolaniş hayot uçun juda xavfli. Buning ustiga, koronavirusni davolaşning tasdiqlanmagan usullari ehtimoliy foydadan köra nojöya va salbiy oqibatlar keltirib çiqarişi mumkin. Bundan taşqari, bu boşqa dori-darmonlarga muhtoj bölgan bemorlarni davolaşda dori-darmonlar tanqisligiga olib kelişi mumkin.

2.Ijtimoiy masofa talablarini buzmang. Koronavirusning OIV/OITS, Ebola, Zika va boşqa xavfli viruslardan ajralib turadigan xususiyati şundaki, bu virus nafas yöllari, bevosita muloqot, kundalik hayotdagi umumiy odatlar (qöl berib söraşiş, eşik tutqiçlari, pul va boşqa buyumlarni uşlaş) orqali tarqaladi.

3.Har xil axborot manbalariga işonmang. Yöl-yöriq, tavsiyalar va ma'lumotlarning yagona va töğri manbai har bir mamlakat hukumati bölib, u öz navbatida JSST bilan hamkorlikda işlaydi. Hukumat talablariga amal qiling.

4.Keksalarni xatarga qöymang. Köplab viruslardan farqli ölaroq, koronavirus yoşga qarab har bir bemorda har xil keçadi. Immunitetning zaiflaşişi, boşqa surunkali va ötkir kasalliklar mavjudligi sababli keksa avlod virusga nisbatan ojiz böladi.

5.Yoşlarning ijtimoiy mas'uliyati muhimligini unutmang. Katta yoşdagi odamlarda ölim foizi köproq bölsa-da, zararlangan yoş organizmlar özlari bilmagan holda koronavirusning faol tarqatuvçisi bölib xizmat qiladi. Köpinça, keksalar yoşlarning karantin va profilaktika işlariga beparvo qaraşlarining qurboni bölişadi. Yoşlarning özlari ham reanimatsiya bölimlariga tuşişi holatlari kam emas.

6.Kasallikka qayta çalinmayman deb öylamang. Odatda, inson immuniteti infeksiya yoki virusni tanib olişni örganadi, bu esa kasallikning qayta yuqişi ehtimolini kamaytiradi. Şu bilan birga, hozirda koronavirusdan tuzalgan odam uni qayta yuqtirmasligi borasida işonçli dalillar yöq.

7.Şaharga va gavjum joylarga bormang. Har qanday vaziyatda odamlar orasidagi masofa kamida ikki metr bölişi kerak. Nyu-York misolida şuni aytiş mumkinki, bunday megapolislar aholi örtasidagi ziçlik qançalik xavfli bölişi mumkinligini körsatdi.

8.Vahimaga tuşmang. Virus asosan bemor odam yötalganda yoki aksirganda havo-tomçi yöli bilan yuqadi. Odatda, odamlar aksirganda oğzini qöllari bilan berkitadilar. Söngra qöl berib körişadilar yoki eşik tutqiçi kabi umumiy narsalarga teginişadi. Soğlom odam qöl berib körişgaç yoki umumiy narsalarga teginganidan söng özi bilmagan holda yuzi, oğziga qöl tegizişi mumkin, bu uning virus yuqtirişiga olib keladi. Hamma narsadan çöçiş şart emas. Masalan, poçta orqali yuborilgan jönatma va turli paketlar katta xavf tuğdirmaydi, çunki virus bunday yuzalarda uzoq vaqt saqlanmaydi.

9.Virus tez orada ötib ketadi deb öylamang. Pandemiyaning qisqariş muddati ma'lum emas. Yangi holatlar sonini kamaytiriş uçun Xitoy va Janubiy Koreyaga 8 hafta kerak böldi. Yevropa va AQŞda esa ösib bormoqda. Kasallik tarqalişi kölamini barqarorlaştiriş va bemorlar sonini kamaytirişni boşlaş uçun bir neça oy kerak bölişi mumkin. Biroq kuzda yoki qişda koronavirus yana özini namoyon qilişi mumkin, ammo bu vaqtga kelib biz uşbu virusni davolaşning yanada samarali usullari paydo bölsa kerak.

10.Xususiy biznes, çetda turmang. Faqat hukumat kuçlari va tadbirkorlarning birgalikdagi sa'y-harakatlari bilangina koronavirusni yengiş mumkin. Hozirda AQŞda tibbiy aşyolarning asosiy işlab çiqaruvçisi va yetkazib beruvçisi xususiy biznes bölib turibdi, davlat esa koronavirus tarqalişiga qarşi kuraşiş siyosatining asosiy muvofiqlaştiruvçisidir.