
«Formula-1» avtopoygasining Mercedes-AMG Petronas jamoasi muhandislari koronavirusga çalinganlarga normal nafas olişda yordam beruvçi qurilma prototipini bor-yöği 100 soat içida işlab çiqişdi.
Qurilma tibbiy buyumlar va dori vositalarini nazorat qiliş boşqarmasida tekşirilib, Italiya va Xitoydagi şifoxonalarga berilgan.
Qurilmaning mualliflari avvalgilaridan tubdan farq qiluvçi yangi qurilma yaratişlari kerak edi.
Natijada Mercedes-AMG Petronas jamoasi va London universitet kolleji vakillari öpkani sun'iy şamollatiş qurilmasi örnini bosuvçi CPAP-niqob işlab çiqişdi.
Bu qurilmada havo-kislorod aralaşmasi bemorning oğzi va burniga doimiy tezlik bilan beriladi. Uşbu niqobning qöllanişi bemorni medikamentoz uyquga tuşiradi hamda nafas oliş trubkasini traxeyaga joylaştirişga ehtiyoj bölmaydi.












