“Men har bir amerikalik bizni kutayotgan oğir kunlarga tayyor turişini istayman. Biz bu ikki oğir haftadan ötib olamiz”, deb aytgan Tramp. Keyinroq u bu davr 3 haftagaça çözilişi mumkinligini qöşimça qilgan.

Tramp, şuningdek, koronavirus bilan boğliq vaziyatni AQŞ bungaça uçragan barça sinovlardan eng oğiri deb atagan. Biroq u amerikaliklar yaqin orada “tunnel oxirida nur körişlariga” umid bildirgan. 

Amerikalik mutaxassislarning baholaşiça, AQŞda koronavirusdan 100 mingdan 240 minggaça odam vafot etişi mumkin. Bu ma'lumotlar brifingda keltirib ötilgan. CNN telekanalining ta'kidlaşiça, hukumat ilk bor AQŞda koronavirusdan ölimlar soni böyiça rasmiy prognozlarni berdi.

Şu bilan birga mutaxassislar AQŞ aholisi hukumatning ijtimoiy aloqalarni çegaralaş böyiça tavsiyalariga rioya qilmasa, bu raqamlar ortişi mumkinligidan ogohlantirişgan. “Möjizaviy vaksina yöq. Bunda faqatgina odamlarning özini qanday tutişi yordam beradi”, deb aytgan mutaxassislardan biri Debora Birks.

Bu orada AQŞning allergiyalar va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauçi yaqin kunlarda AQŞda koronavirusdan ölim holatlari ortib borişidan ogohlantirgan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, AQŞda koronavirusga çalinganlar soni 188 mingdan köproqni, vafot etganlar soni 3889 nafarni taşkil qilmoqda.   

29 mart kuni AQŞ prezidenti koronavirusga qarşi kuraş doirasida kiritilgan çora-tadbirlarni 30 aprelgaça uzaytirdi. Hukumat fuqarolarga uydan işlaşga ötişni, yaşaş joyini zaruratsiz tark etmaslikni, taomlarni uyga buyurtirişni va ijtimoiy aloqalarni minimallaştiriş yoki umuman istisno qilişni tavsiya qilgan.