Eng murakkab vaziyat Siçuan provinsiyasining Siçan şahrida yuzaga kelgan. Bu yerda yonğinlar 30 mart kuni mahalliy fermada boşlanib, yaqin atrofdagi toğlarga köçgan. Keçga yaqin yonğin bilan qamrab olingan maydon ming gektardan oşgan, 80 gektar örmon yöq bölgan.
31 mart soat 1:30da yonğinni öçirişga jönatilgan 22 kişi aloqaga çiqmay qöygan. Soat 7 atrofida ulardan 3 nafari topilib, şifoxonaga jönatilgan. Keyinroq 19 kişining jasadi topilgan. Ulardan 18 nafari öt öçiruvçi bölgan, biri mahalliy örmon xöjaligi işçisi bölib, u öt öçiruvçilarga yöl körsatgan. Qurbonlar şamolning tösatdan özgarişi sababli “olovli tuzoq”da qolib ketişgan.
Ayni vaqtda yonğinni öçiriş işlari davom etmoqda. Unda 2 mingdan köproq odam iştirok etmoqda, 1200 kişi evakuatsiya qilingan.
Şuningdek, qöşni Yunnan provinsiyasida ham vaziyat murakkab. Bu yerda öt öçiruvçilar Nanszyan uyezdidagi yonğinni bartaraf eta olişgan. Olov 90 gektar maydonning kulini kökka sovurgan. Yonğinni öçirişda 1800 kişi, 12 ta öt öçiriş maşinasi va 3 ta vertolyot iştirok etgan.
Yana 2 mingdan köproq kişi Ditsin-Tibet avtonom okrugining Şangri-La iqtisodiy rivojlaniş hududidagi yonğinni öçirişga yuborilgan. Ta'kidlanişiça, bu yerda kuçli şamol va tik qoyalar yonğinga qarşi kuraşni qiyinlaştirmoqda.












