Kompaniyaning umumiy qarzi esa 2,2 mlrd dollarga yetgan. Natijada kompaniya egalari kompaniya ustidan nazoratni töliq yöqotiş hisobiga qarzni hisobdan çiqarişni söraşga qaror qilişgan. 

Bloomberg axborot agentligining ta'kidlaşiça, Whiting Petroleum’da muammolar koronavirus pandemiyasigaça boşlangan. 5 yil avval u Şimoliy Dakota ştatida neft maydonlarini özlaştiriş böyiça yetakçilardan biri bölgan, biroq keyinroq uning moliyaviy holati sekin-asta yomonlaşib borgan. 

Neft narxlarining qulaşi bilan keçayotgan pandemiya kompaniyaning qarz yuklamasini tezlaştirib yuborib, uni kasodga uçraşga olib kelgan. Kompaniyada neft narxi 50 dollar atrofida saqlanib qolsa, faoliyatlarini davom ettira olişlariga umid qilingan, biroq neft narxining 20 dollarga tuşib ketişi buni imkonsizga aylantiradi.

Tahlilçilarning ta'kidlaşiça, Whiting’ning kasodga uçraşi yagona holat bölmaydi. Mizuho Securities USA tahlilçilarining baholaşiça, slanets nefti oluvçi 6 ming kompaniyadan 70 foizi pandemiya hamda Rossiya va Saudiya Arabistoni örtasidagi neft narxi uçun “uruş” sababli öz faoliyatini tugatişi mumkin. 

1 aprelda Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞda neft narxining pastligidan uning narxi 40 dollar atrofida saqlansagina, slanets nefti qazib oliş rentabel bölişi sababli xavotirlana boşlaşganini aytgan. “AQŞ iqtisodiyoti uçun bu oğir sinovdir”, deb ta'kidlab ötgan Putin.